#Antonio Kassano — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Antonio Kassano: "Milan"da barcha qarorlarni Ibragimovich qabul qilmoqda"

Antonio Kassano: "Milan"da barcha qarorlarni Ibragimovich qabul qilmoqda"

Antonio Kassano "Milan"dagi boshqaruv tizimi haqida fikr bildirdi va Zlatan Ibragimovichning klubdagi ta'siri haqida gapirdi.

🚨 Antonio Kassano: «Ibragimovich Amorimni tanladi. Aynan u «Milan»ni boshqarmoqda!

Kardinale — ajoyib biznesmen, ammo u futboldan mutlaqo xabarsiz. Ibragimovich butun sport yo'nalishini boshqarmoqda.
U Moreyra kabi transferlar ortida ham turgan.
Kardinale yo'q paytda, Ibragimovich boshqaruvni o'z qo'liga oladi. Aynan u qarorlarni qabul qiladi. U hamma narsani boshqaradi.
Antonio Kassano: «Inter» himoyada o'zgarish qilishi kerak

Antonio Kassano: «Inter» himoyada o'zgarish qilishi kerak

Antonio Kassano «Inter»ning o'yin uslubi va himoyadagi muammolari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Antonio Kassano: «Kambek «Inter»? Mavsum davomida vaziyatni necha marta qutqarish mumkin? Birinchi taym menga yoqmadi, ikkinchi bo'limda esa «Fiorentina» raqibni bosim ostida ushlab turdi. Ular tavakkal qilishni yaxshi ko'rishadi, lekin hammasi ham doim muvaffaqiyatli yakunlanavermaydi.

Men Kivu maqtashda davom etaman, lekin 4 nafar himoyachi bilan o'ynaladigan himoyani ko'rishni istayman. Aks holda, UEFA Champions League'da sizni tezda «o'qib olishadi». Chempionatda nimadir o'zgartirish kerak, bu ular hisobda ortda qolayotgan to'rtinchi holat. «Inter» katta farq bilan Italiyaning eng kuchli jamoasi bo'lib qolmoqda, lekin men nimadir tushunmayapman. Umid qilamanki, u vaziyatni taktik jihatdan o'zgartira oladi.