Karlo Anchelotti «Real»ning mashg'ulot bazasiga tashrif buyurib, jarohatdan tiklanayotgan futbolchilarning holatini kuzatdi.
📰 El Mundo: Bugun Anchelotti «Madrid»ning Valdebebasdagi bazasiga tashrif buyurdi va u yerda butun jamoa bilan salomlashdi.
📰 Marca: Anchelotti «Madrid»ning bugungi mashg'ulotlarida jarohatdan tiklanayotgan Militao, Rodrigo va Endrikning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bordi.
AS xabariga ko'ra, Joze Mourino Rodrigo Goesning o'yin uslubini yuqori baholamoqda. Braziliyalik futbolchi yanvar oyida safga qaytishi kutilmoqda.
📰 AS xabariga ko'ra, Joze Mourino Rodrigo Goesga haqiqatan ham qiziqish bildirmoqda. Murabbiy 25 yoshli braziliyalik futbolchi markaziy zonalardagi ijodkorligi va universalligi bilan Madridning boshqa hujumchilaridan ajralib turishini hisoblaydi.
Eslatib o'tamiz, OAV ma'lumotlariga ko'ra, Rodrigo tizzasidagi xochsimon bog'lamlar uzilishi jarohatidan so'ng yanvar oyida safga qaytadi.
«Real Madrid» mavsumoldi tayyorgarlikni Ispaniyada o'tkazadi. Jamoa mashg'ulotlari 13-iyuldan boshlanadi, Endrik va Vinisius esa 28-iyulda qaytadi.
AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarini Ispaniyadan tashqarida o'tkazmaydi. Jamoa tayyorgarlikni to'liq klub bazasi — Valdebebasda olib boradi.
Mavsumoldi mashg'ulotlar boshlanadigan 13-iyul kuni Mourinyu ixtiyorida asosiy tarkibning atigi 8 nafar futbolchisi bo'ladi: Lunin, Trent, Xausen, Asensio, Karreras, Kamavinga, Gonsalo va Mastantuono.
Militao, Mendi va Rodrigo esa jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirishadi. Jamoaning ilk mashg'uloti o'sha kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
El Chiringuito xabariga ko'ra, Endrik va Vinisius «Real» safiga 28-iyul kuni kelib qo'shilishadi.
Real Madrid Eder Militao va Rodrigo'ning jarohatdan tiklanish jarayoni haqida ma'lumot berildi.
📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid"da Eder Militao va Rodrigo'ning safga qaytishi intiqlik bilan kutilmoqda.
Himoyachi sentyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan so'ng jarohatidan to'liq forig' bo'lishi kutilmoqda.
Vingerning tiklanish jarayoni esa juda yaxshi ketmoqda. U rejalashtirilgan 10 oylik reabilitatsiyaning 5 oyini ortda qoldirdi. Rodrigo yanvar oyida maydonga qaytishi kerak.
AS nashri ma'lumotiga ko'ra, "Real Madrid" hujumchisi Rodrigo kelasi yilning boshida safga qaytadi.
AS xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining tiklanish jarayoni har hafta nazorat qilib borilmoqda. Uning kelasi yilning boshida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Rodrigo xochsimon bog'lamlaridagi jarohat va tiklanish jarayoni haqida gapirdi. Vinger dekabr oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Rodrigo:
Xochsimon bog'lamlarim uzilganidan buyon o'tgan 3,5 oy davomida turli qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Shunday kunlar bo'ldiki, juda kuchli og'riqni his qildim. Bu juda og'ir edi. Hayotimda duch kelgan eng yomon holat shu bo'ldi.
Ba'zida uyg'onganingda o'zingni tetik his qilib, maydonga tushishga tayyordek tuyulasan, ba'zida esa umuman kuching bo'lmaydi. Qanday bo'lmasin, bilamanki, bu jarohatdan tiklanish jarayoni safga qaytganimda meni yanada kuchliroq qiladi.
Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Tiklanish jarayonidagi muvaffaqiyatlarimdan mamnunman, chunki har kuni o'zimni yaxshiroq his qilyapman. Bu jarayon katta sabr talab qiladi. Men yaxshiman va xursandman. Tiklanishim bo'yicha barcha hisobotlar ijobiy natija bermoqda.
OAV xabarlariga ko'ra, 25 yoshli vinger dekabr oyida safga qaytadi.