⚪O'z faoliyatidagi eng yaxshi gol haqida:
Mening "Real Madrid" safidagi ilk golim — "Sporting" darvozasiga kiritilgan.
⚪Eng yaxshi xonadosh haqida:
Krishtianu Ronaldu.
⚪Tarixdagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi haqida:
Roberto Karlos, shubhasiz.
⚪Hozirgi vaqtdagi o'z pozitsiyasidagi eng yaxshi o'yinchilar haqida:
Mark Kukurelya, Karreras va Mendi.
⚪Nunu Mendesh haqida:
Nunu Mendesh — juda yaxshi futbolchi, lekin men madridistman. Shu sababli men uchun eng yaxshilari — "Real Madrid"da o'ynaydiganlar.
⚪Faoliyatidagi eng yaxshi murabbiylar haqida:
Zidan, Mourinyu, Anchelotti va boshqa ko'plab murabbiylar.
⚪Chempionlar ligasi yoki Libertadores kubogi:
Libertadores kubogi.
⚪Qaysi turnir qiyinroq:
Libertadores kubogi.
⚪Chempionlar ligasi finali arafasida nima bilan shug'ullangani haqida:
Videoo'yinlar o'ynaganman.
⚪Himoyada birga o'ynash eng qulay bo'lgan sherigi haqida:
Men uzoq vaqt Karvaxal bilan yonma-yon o'ynaganman, shuning uchun uni tanlayman.
⚪Eng qiyin raqiblar haqida:
Messi, Neymar va Pedro.
⚪Gol yoki samarali uzatma:
Samarali uzatma.
⚪Avtogol yoki qizil kartochka:
O'ylashimcha, qizil kartochka yomonroq.
⚪FC 27 haqida:
Ha, o'ynayman. Ilgari juda yomon o'ynardim, lekin hozir juda yaxshi o'ynayapman.
⚪Ultimate Team yoki tezkor o'yin:
Tezkor o'yin.