😗 Xose Munuera Montero boshqaruvidagi o'yinlarimiz statistikasi:
⚪️ Jami o'yinlar – 22;
⚪️ «Real» g'alabalari – 17;
⚪️ «Real» mag'lubiyatlari – 3;
⚪️ «Real» futbolchilari chetlatilishi – 3;
⚪️ Raqib futbolchilari chetlatilishi – 6;
⚪️ «Real» o'yinchilariga sariq kartochkalar – 37;
⚪️ Raqib o'yinchilariga sariq kartochkalar – 47;
⚪️ Darvozamizga belgilangan penaltilar – 3;
⚪️ Raqib darvozasiga belgilangan penaltilar – 4.
Montero – Jud Bellingemni «Fuck you» deb eshitgani uchun maydondan chetlatgan o'sha hakam (Bellingem «Fuck off» («yo'qol») degan – bu futbol maydonida tez-tez eshitiladigan so'zlar).
• «Real» muxlislari Monteroni «Osasuna»ga qarshi o'yindan yaxshi eslashadi. Hakam Madrid jamoasini shunchaki nohaq boshqarmay, balki ustidan kulgan – u «Real» foydasiga 3 ta penalti belgilamadi, Madrid darvozasiga penalti tayinladi, 39-daqiqada Bellingemga qizil kartochka ko'rsatdi va o'yin to'xtalishlari jami 8 daqiqa 3 soniyani tashkil etganiga qaramay, ikkinchi bo'limga atigi 4 daqiqa qo'shib berdi. U shuningdek, ko'plab epizodlarni e'tiborsiz qoldirdi, ular orasida Vinisiusga tushirilgan shapaloq, Mbappe yuziga raqib tirsagi bilan zarba berilishi va Kilian ko'kragiga musht tushirilishi bor edi. U Franni tribunaga itarib yuborishganida sariq kartochka bermadi, ammo penaltini qayta ko'rib chiqishni so'ragan Anchelottini jazoladi. «Madrid» yakunda ochko yo'qotdi (1-1).
• Bellingemning chetlatilishi bilan bog'liq mojarodan so'ng, OAV Munuera Monteroning uy bog'ida Leo Messining surati tushirilgan freska borligini aniqladi.
• O'tgan mavsumda Munuera Montero «Barselona»ga «Atletik»ni «talash» va 3 ochkoni qo'lga kiritishda yordam berdi. U Inyaki Uilyamsga qarshi oxirgi umid folini amalga oshirgan va oxirgi himoyachi bo'lgan Kubarsini maydondan chetlatmadi. Hakam faqat sariq kartochka ko'rsatdi. O'sha vaqtda hisob 0-0 edi.
• O'tgan mavsumda Montero «Real» ishtirokidagi 2 ta o'yinni boshqardi – «Xetafe»ga qarshi va Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi. Har bir o'yinda u raqib futbolchilaridan birini chetlatdi. «Xetafe»dan 2 ta chetlatish, «Barselona»dan 1 ta chetlatish (barchasi – ArchivoVAR ma'lumotiga ko'ra, haqli).
• Mart oyidagi «Atletiko»ga qarshi derbida Munuera Montero Fede Valverdega ogohlantirish bilan kifoyalanishi kerak bo'lgan taktik fol uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Shuningdek, u «Atletiko»ning follarini e'tiborsiz qoldirib, «Real»ga nisbatan ochiq tarafkashlik qildi.
🐘 «Slonlik» darajasi – 3/10
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!