Vinisius: "O'ylaymanki, JCH-2026 dan keyin joriy mavsumga eng yaxshi darajada tayyorgarlik ko'ra olmadim, chunki Braziliya terma jamoasining musobaqadan chiqib ketishi va uning oqibatlari barcha braziliyaliklar uchun katta zarba bo'ldi. Hech kim bizning mundialni bunchalik erta tark etishimizni kutmagandi.
Vaqtinchalik ta'til davrida dam olishga, hordiq chiqarishga va oilam bilan ko'proq vaqt o'tkazishga qaror qildim. Natijada, avvalgi yillarga qaraganda kamroq mashg'ulot o'tkazdim.
Shunday bo'lsa-da, bunchalik uzoq vaqt davomida yuqori saviyada to'p surish nihoyatda qiyin. Faqat Ronaldu va Messi shuncha yillar davomida bir xil yuqori ko'rsatkichlarni namoyish eta olgan.
Men ham insonman, ko'p xato qilaman, lekin doimo yaxshiroq bo'lishga harakat qilaman. Futbolni chuqurroq tushunishga intilyapman, lekin menga atigi 26 yosh, shuning uchun hayotdan ham biroz zavq olishim kerak.
O'ylaymanki, "Madrid" bilan shartnomani uzaytirishim ham mavsum boshiga ta'sir qilgan bo'lishi mumkin. O'tgan yozda ko'plab klublarning qiziqishi, shuningdek, "Madrid"dagi vaziyat tufayli o'zimni haddan tashqari bosim ostida his qilgandim.
O'tgan mavsumda dekabr oyiga kelib atigi beshta gol urgandim, ammo yakunda barcha avvalgi mavsumlardagi kabi 20 dan ortiq to'p kiritdim. O'sishda davom etyapman deb o'ylayman, chunki mavsumning eng hal qiluvchi pallalarida doimo yuqori saviyada o'ynayman".