Senabre: Vinisiusning qaytishi «Real Madrid» uchun yomon yangilik
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 17

Senabre: Vinisiusning qaytishi «Real Madrid» uchun yomon yangilik

📻 Senabre (Cope jurnalisti): "Vinisiusning diskvalifikatsiyadan so'ng La Ligaga qaytishi — «Madrid» uchun yomon, hatto dahshatli yangilik.

Jamoa o'yinidagi ayrim ijobiy o'zgarishlar haqiqatan ham Mourinyu xizmati, buni tan olish kerak. Masalan, Valverdeni o'ng qanot himoyasiga o'tkazish yoki Bernarduni asosiy tarkibda maydonga tushirish.

Biroq Diomandening o'sishi — portugaliyalik murabbiyning xizmati emas. Ivoriyalik futbolchi hujumning chap qanotida bunday darajani ko'rsatayotganiga sabab, Mourinyuda shunchaki boshqa tanlov yo'qligidir.

Biz murabbiy ikkalasini bir vaqtning o'zida maydonga tushirishi mumkin bo'lgan paytda Vinisius va Diomandega qanday munosabatda bo'lganini ko'rganmiz. 90 foiz holatlarda ivoriyalik futbolchi zaxirada qolib, braziliyalik esa asosiy tarkibda maydonga tushardi.

Mourinyu matbuot anjumanlarida Diomandeni biroz tanqid qilishga ruxsat berardi, Vinisiusga esa aksincha, har tomonlama yordam berardi. O'ylaymanki, kelasi haftadan boshlab «Madrid» yana shu holatga qaytadi" 📻

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!