Fabrisio Romano: Real Madrid yangiliklari
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 16

Fabrisio Romano: Real Madrid yangiliklari

Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

Kurtua — "Real Madrid" shartnomasini uzaytiradigan navbatdagi futbolchi. Tez orada 34 yoshli darvozabon klub bilan 2028-yilga qadar mo'ljallangan yangi bitim imzolaydi;

Mourinyu Gyulerning o'yinidan juda mamnun. "Qirollik klubi" murabbiylar shtabi 21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma uzaytirilganini bilganida, Mourinyu juda ruhlangan edi;

Trentning "Liverpul"ga qaytish ehtimoli nolga teng. Mourinyu 28 yoshli britaniyalik futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis va "Madrid" rahbariyati unga ishonadi. Futbolchining o'zi ham klubdan ketishni istamayapti;

Vinisiusning yanvar oyida "Madrid"dan ketish ehtimoli ham nolga teng. "Madrid" rahbariyatining Vinisiusga bo'lgan ishonchi va klubning braziliyalik futbolchiga ko'rsatayotgan qo'llab-quvvatlashi o'zgarmas bo'lib qolmoqda. "Qaymoqranglilar" vingerga yordam berishda va unga faoliyatidagi qiyin davrni yengib o'tishda ko'maklashishda davom etadi.

"Madrid"da Vinisiusning ketish imkoniyatini ko'rib chiqishmayapti. Madridliklarda uni sotish niyati mutlaqo yo'q;

"Madrid" o'tgan yoz boshida Makallisterni tarkibga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqqandi. Biroq klub 27 yoshli futbolchining transferi uchun hech qanday qadam tashlamadi. Shu orada "Liverpul" allaqachon argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlab yubordi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!