#Tibo Kurtua — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Eduardo Kamavinga: Jahon chempionatini o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi

Eduardo Kamavinga: Jahon chempionatini o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi

Eduardu Kamavinga Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi, o'z pozitsiyasi va terma jamoaga chaqirilishi haqida fikr bildirdi.

🫡 Eduardu Kamavinga:

— Jahon chempionati haqida:

To'g'risi, JChni o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi. Hayotimda hamma narsa juda tez sodir bo'ldi, shuning uchun bunday hafsalasizlikka ilk bor duch keldim.
Asosiysi — bundan o'zimga kelishni bilish.

— O'z pozitsiyasi haqida:

Jamoamizda chap qanot himoyachilari yetarli, shuning uchun omadim bor: men tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynashim yoki sakkizinchi raqam rolida harakat qilishim mumkin.
Sevimli pozitsiyamga kelsak — o'ylaymanki, uni allaqachon bilasiz (kuladi).

— Zidan tomonidan terma jamoaga chaqirilishi haqida:

Bu juda muhim, men uchun bu g'alaba. Bu qo'l qovushtirib o'tirmaganim va safga qaytishga muvaffaq bo'lganimni isbotlaydi.
Endi bildirilgan ishonchni oqlashim kerak.

— Ertangi Belgiyaga qarshi o'yin haqida:

Ertaga Kurtua Belgiya terma jamoasi safida o'ynamasligidan juda xursandman (kuladi).

O'ng ustun yangiliklari