Joze Mourinyo: «Real»ning maqsadi — La Liga chempionligi
Joze Mourinyo «Barselona» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoaning asosiy maqsadi haqida gapirdi.
«Slivichnilar» ustozi matbuot anjumanining ikkinchi qismi (birinchisi — yuqorida)
«Atletiko»dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin biz juda kuchaydik. Ammo, masalan, biz mag'lub bo'lgan «Betis»ga qarshi o'yinda ham juda yaxshi o'ynagan edik. Biz boshqa har qanday uchrashuvdan ko'ra ko'proq golli vaziyatlar yaratdik, lekin ularning juda ko'pini golga aylantira olmadik. O'shanda yomon o'ynadik, hozir esa a'lo darajada o'ynayapmiz, deb bo'lmaydi. Lekin biz haqiqatan ham o'sishga erishdik.
«Barselona» ustidan yaxshi g'alaba qozondik, ammo haddan tashqari xursand bo'lish kerak emas. Bu bor-yo'g'i uch ochko. «Real»ning maqsadi — shunchaki «Kamp Nou»da g'alaba qozonish emas, balki sovrinlarni yutish. Agar bugun g'alaba qozonib, keyingi hafta yutqazib qo'ysak, demak, hech narsaga erishmagan bo'lamiz.
«Real» «Kamp Nou»da g'alaba qozonish uchun emas, La Ligada zafar quchish uchun o'ynaydi. Biz shu ruhda davom etishimiz va bu g'alabadan keyin boshimizni yo'qotib qo'ymasligimiz kerak.
G'alaba mening xizmatimmi yoki o'yinchilarning? Albatta, futbolchilarning. Murabbiylik hayoti shunday: yutganingda bu futbolchilarning xizmati, yutqazganingda esa aybdor sensan. Aynan shuning uchun har hafta murabbiylar ishdan bo'shatilayotganini ko'ramiz.
Kukurelya? Tarkibimizda ikki nafar yuqori saviyali chap qanot himoyachisi bor. Karreras o'tgan uchrashuvda o'zini yaxshi ko'rsatdi, bugun esa Kukurelya fantastik ish bajardi. Yamalga qarshi o'ynash juda qiyin, chunki u nafaqat juda iqtidorli, balki juda aqlli ham. Bugun u Kukurelyani maydondan chetlatish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi.
Lamin — ajoyib futbolchi. Buni uning o'yinini yaqindan ko'rganingda tushunasan. U hamma narsani sinab ko'rdi, lekin Kukurelya bugun ajoyib edi.
Bernardu 75 daqiqa davomida Pedrini shaxsan qo'riqladi. Bu charchatadigan ish va u buni juda yaxshi uddaladi.
Tayanch yarim himoyachilarimiz juftligi? Biz turli sifatlarni: jismoniy kuch va texnik mahoratni uyg'unlashtirishimiz kerak deb qaror qildik. Masalan, men Gyuler va Bernarduni birga tushirmayman. Kamavinga va Tchuameni bog'lamasidan ham foydalanmayman.
Bunday muvozanat bizga pas orqali himoyadan yaxshiroq chiqib ketishga yordam beradi. Bunday uyg'unliklardan faqat juda va juda o'ziga xos vaziyatlarda foydalanaman. Gyuler va Bernardu yoki Kamavinga va Tchuameni kabi uslubi o'xshash bo'lgan ikki yarim himoyachini asosiy tarkibda maydonga tushirish — biz uchun eng yaxshi variant emas.
O'rta chizig'imizda turli ko'nikmalarga ega o'yinchilar ko'p va biz bir xil rolni bajaradigan ikki futbolchini bir vaqtning o'zida maydonga tushirmay, shu xilma-xillikdan foydalanishimiz kerak.
Bugungi g'alabani mehmonxonada o'yin oldidan uxlashimga yo'l qo'ymagan «Barselona» muxlislariga bag'ishlayman. Ular mehmonxonaga kelib, butun kun qo'shiq aytishdi, shuning uchun uxlay olmadim. Xo'sh, men uxlamadim, lekin ularning jamoasini mag'lub etdim. Ularni mahkam quchoqlayman.