Onda Cero eksperti Esteban «Real» futbolchisi Karrerasning bu mavsumdagi imkoniyatlari haqida o'z fikrini bildirdi.
📻 Onda Cero eksperti Esteban:
«O'ylashimcha, bu mavsumda Karreras «Madrid» safida asosiy tarkibda kam maydonga tushadi. Jamoa maydonda Kukurelya bilan ancha yaxshi harakat qilmoqda»
Niko Pasning "Real Madrid"ga qaytishi borasida turli fikrlar yangramoqda. Futbolchi jamoada muhim rol o'ynashni istaydi.
📰 ABC xabariga ko'ra, Pas "Real Madrid"ga qayta sotish uchun hech qachon qaytmaydi. 22 yoshli yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safiga faqatgina unga jiddiy ishonch bildirilsa va jamoada muhim rol ajratilsa, qaytish imkoniyatini ko'rib chiqadi.
📻 Pidal (Onda Cero jurnalisti): "OAVda allaqachon "Madrid"da Pasni kelasi yozda qaytarishni rejalashtirishayotgani haqida yozishmoqda... Muammo shundaki, men uning bu jamoada qaysi pozitsiyada o'ynay olishini tasavvur ham qila olmayapman".
📻 Esteban (Onda Cero eksperti): "Men ham Pas uchun "Madrid" tarkibidan joy ko'rmayapman".