#Niko Pas — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Beppe Bergomi: "Inter" Yevropada xavfliroq bo'lishi uchun "o'nlik" kerak"

Beppe Bergomi: "Inter" Yevropada xavfliroq bo'lishi uchun "o'nlik" kerak"

Beppe Bergomi "Inter"ning Yevropadagi o'yini va jamoaga "o'nlik" pozitsiyasi uchun Niko Pas kabi futbolchi kerakligi haqida fikr bildirdi.

Beppe Bergomi: "Mening "Inter" borasidagi fikrim o'zgarmas: jamoa oldinga qadam tashlashga, Yevropada juda xavfli futbol o'ynashga urinayotgani ko'rinib turibdi. To'pni o'yinga kiritishda doimo tavakkal qilishga, katta kuchlarni to'p chizig'idan oldinga o'tkazishga va orqada birga-bir vaziyatlarni qoldirishga to'g'ri kelmoqda. Qiyinchiliklar ham shundan kelib chiqmoqda.

Har doim Niko Pas kabi "o'nlik"ni topib ko'rish fikri bo'lgan. Menimcha, ushbu jamoaga integratsiya qilingan taqdirda, uni Yevropada yanada kuchliroq qila oladigan muayyan shaxslar bor".
Toni Fernandes «Venetsiya»ga o'tishga yaqin

Toni Fernandes «Venetsiya»ga o'tishga yaqin

Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Venetsiya» Toni Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga eng yaqin klub bo'lib turibdi.

🚨 Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya (🌖): «Venetsiya» Toni Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga eng yaqin nomzod bo'lib turibdi. Tomonlar kelishuvni bugunoq yakunlashi mumkin.

Boshqa variantlar ham mavjud, jumladan Italiya, Angliya va Germaniyadan takliflar bor. Ammo «Venetsiya» uni qo'lga kiritishga eng yaqin klub. Italiyaliklar ambitsiyali loyihaga ega va ular Toni hamda Niko Pas o'rtasida ko'plab o'xshashliklarni ko'rishmoqda.

«Barsa»ning g'oyasi Tonini sotish va shartnomaga uni qaytarib sotib olish huquqini kiritishdan iborat.
Niko Pas A Seriya tarixidagi eng qimmat 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinda

Niko Pas A Seriya tarixidagi eng qimmat 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinda

Niko Pas «Komo» safiga 66 million yevro evaziga o'tishi bilan A Seriya tarixidagi eng qimmat yosh futbolchilar reytingida ikkinchi o'rinni egalladi.

💸 Niko Pas — A Seriya tarixidagi 19 yoshgacha bo'lgan eng qimmat futbolchilar orasida ikkinchi o'rinda 🔵⚪️

🕯 Shu yozda «Komo» argentinalik futbolchini «Real»dan 66 million yevro evaziga to'liq sotib oldi.

O'ng ustun yangiliklari

Niko Pas «Komo»da qolishni tanladi

Niko Pas «Komo»da qolishni tanladi

Niko Pas «Real Madrid»ga qaytish o'rniga «Komo»da qolishni afzal ko'rdi. Madrid klubi futbolchini qaytarib sotib olish huquqiga ega.

👀📍 «Real Madrid» bu yoz Niko Pasni qaytarmoqchi edi.

⚪️ Niko «Komo»da qolishga qaror qildi, chunki u «Real»da yetarlicha o'yin vaqti olmasligidan xavotirda edi.

💵 «Komo» argentinalik futbolchining to'liq transferi uchun 60 million yevro to'ladi, biroq «Real Madrid» kelasi yoz uchun 80 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqini saqlab qoldi.

Komo jamoasining yangi mavsumdagi sardorlari ma'lum qilindi

Komo jamoasining yangi mavsumdagi sardorlari ma'lum qilindi

Komo jamoasi 2026/27-yilgi mavsum uchun sardorlarni e'lon qildi. Lukas Da Kunya sardorlik bog'ichini taqishda davom etadi.

Komo jamoasi 2026/27-yilgi mavsum uchun sardorlarni e'lon qildi.

Lukas Da Kunya sardorlik bog'ichini taqishda davom etadi. U bilan birga yetakchilar guruhiga Niko Pas, Jan Byutez va Luis Milya kiritildi.

Franko Mastantuono: "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi"

Franko Mastantuono: "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi"

Franko Mastantuono "Fiorentina"ga o'tishi, "Real Madrid"dagi qiyin mavsum va kelajak rejalari haqida gapirdi.

Franko Mastantuono o'z kelajagi va "Fiorentina"ga o'tishi haqida fikr bildirdi:

"Madrid" rahbariyati bilan kelajagim borasida o'tkazgan suhbatimiz do'stona ruhda o'tdi va yakunda ijaraga ketishga qaror qildim.
Faoliyatimni davom ettirish uchun ko'plab variantlarim bor edi. Menga qiziqish bildirgan barcha klublarga minnatdorchilik bildiraman. Ammo "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi. Rasmiy e'londan bir hafta oldinroq ushbu jamoaga o'tishga qaror qilgandim.
O'tgan mavsum men uchun qiyin kechdi. Biroq u "Madrid"dagi hech kim uchun oson bo'lmadi. Har holda, bunday holatlar yangi narsalarni o'rganish va rivojlanishga yordam beradi. "Fiorentina"da qanday darajadagi futbolchi ekanligimni isbotlash imkoniyatim bor.
Pas bilan gaplashdimmi? Yo'q. Lekin u ajoyib futbolchi va inson. Niko bilan Argentina terma jamoasida birga o'ynagan bo'lsak-da, o'zimni hech kim bilan solishtirmayman. "Fiorentina"ga yaxshi mavsum o'tkazish va jamoaga maqsadlariga erishishda yordam berish uchun keldim.
Argentina terma jamoasi va "Fiorentina" afsonasi Batistuta bilan gaplashdimmi? Yo'q.