⚠️ Match bilan MYu o'rtasidagi o'yin noqulay ob-havo tufayli qoldirilish xavfi ostida.
🔵 Italiya Harbiy-havo kuchlari meteorologiya xizmati to'q sariq rangli xavf darajasini e'lon qildi: Lombardiyada kuchli yomg'ir va momaqaldiroq kutilmoqda. O'yin boshlanguniga qadar 60 mm dan ortiq yog'ingarchilik yog'ishi mumkin.
🏟 Asosiy savollar: "Sinigalya" stadioni maysazori buncha suvni ko'tara oladimi va tribunalar xavfsiz bo'ladimi. To'rtta tribunadan faqat bittasi yopiq.
📰 TMW ma'lumotiga ko'ra, "Komo"da o'yin reja bo'yicha, Toshkent vaqti bilan 19:45 da o'tishiga ishonch bildirishmoqda. O'yinni qoldirish bo'yicha hozircha rasmiy qaror yo'q. Karrik ham xotirjam: "Biz yomg'irga o'rganib qolganmiz".
🔖 Agar o'yin baribir bekor qilinsa, UEFA reglamentiga ko'ra, u birinchi navbatda keyingi kunga ko'chiriladi. Agar buning iloji bo'lmasa, yangi sanani UEFA belgilaydi. Biz uchun bu noqulay: shanba kuni "Komo" "Sassuolo"ni qabul qiladi, seshanba kuni esa "Torino" bilan o'ynaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!