Fabrisio Romano Brunu Fernandeshning shartnomasi va Niko Pasga bo'lgan qiziqish haqidagi mish-mishlar bo'yicha fikr bildirdi:
Brunu Fernandesh: "Maurisio Pochettino Brunu bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarga qo'shiladi va "Manchester Yunayted" sardori bilan shaxsan gaplashadi. Shundan so'ng, shartnomani uzaytirish bo'yicha qaror o'yinchi va klub ixtiyorida qoladi".
Niko Pas: "Pas va Pochettino bitta agentlik bilan hamkorlik qilishadi. Romanoning so'zlariga ko'ra, aynan shu bog'liqlik yarim himoyachining "Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo'lgan. Klubda Pasning salohiyati yuqori baholanadi, ammo transfer bo'yicha hozircha aniq qadamlar tashlanmagan".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!