Como sport direktori Niko Pasning «Real Madrid»ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 16

Como sport direktori Niko Pasning «Real Madrid»ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

Como sport direktori: «Xakoboning «Real Madrid»ga qaytishi haqidagi mish-mishlarmi? Noyabr va mart oylarida, qishki va yozgi transfer oynalari ochilishidan oldin, boshqa klublar qiziqishi sababli futbolchilarning ketishi mumkinligi haqida doimiy ravishda gap-so'zlar boshlanadi.

OAVdagi taxminlar yoki boshqa sabablarga ko'ra, «Real Madrid» doimo o'zining barcha sobiq futbolchilarini qaytarishga tayyor degan taassurot uyg'onadi. Hozir Xakoboning qaytishi mumkinligi haqida gapirishmoqda, ammo keyin, ehtimol, navbat Pasga ham yetib kelar.

O'ylaymanki, o'tgan yozda biz yaxshi bitim tuzdik: endi Niko 100 foiz «Como»ga tegishli. Shu bilan birga, «Madrid»da qaytarib sotib olish opsiyasi mavjud bo'lib, klub yozgi transfer oynasi davomida ma'lum bir sanagacha undan foydalanishi mumkin.

Agar «Madrid» bu opsiyani faollashtirsa, Pasning ketishi «Como» uchun to'liq sotuvga aylanadi, bu bizning ishimiz sifatini tasdiqlaydi va klub uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi. Vaqt kelganda, biz avvalgi yillardagi kabi bu masalani hal qilamiz. «Madrid» bilan ajoyib munosabatdamiz, ammo hozir shunchaki Nikoning o'yinidan zavqlanishimiz kerak.

ℹ️ Eslatib o'tamiz, OAV ma'lumotlariga ko'ra, «qaymoqranglilar» kelasi yozda Xakoboni taxminan 10 million yevroga, Pasni esa 80 million yevroga qaytarib sotib olish huquqiga ega.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!