#Franko Mastantuono — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Franko Mastantuono: "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi"

Franko Mastantuono: "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi"

Franko Mastantuono "Fiorentina"ga o'tishi, "Real Madrid"dagi qiyin mavsum va kelajak rejalari haqida gapirdi.

Franko Mastantuono o'z kelajagi va "Fiorentina"ga o'tishi haqida fikr bildirdi:

"Madrid" rahbariyati bilan kelajagim borasida o'tkazgan suhbatimiz do'stona ruhda o'tdi va yakunda ijaraga ketishga qaror qildim.
Faoliyatimni davom ettirish uchun ko'plab variantlarim bor edi. Menga qiziqish bildirgan barcha klublarga minnatdorchilik bildiraman. Ammo "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi. Rasmiy e'londan bir hafta oldinroq ushbu jamoaga o'tishga qaror qilgandim.
O'tgan mavsum men uchun qiyin kechdi. Biroq u "Madrid"dagi hech kim uchun oson bo'lmadi. Har holda, bunday holatlar yangi narsalarni o'rganish va rivojlanishga yordam beradi. "Fiorentina"da qanday darajadagi futbolchi ekanligimni isbotlash imkoniyatim bor.
Pas bilan gaplashdimmi? Yo'q. Lekin u ajoyib futbolchi va inson. Niko bilan Argentina terma jamoasida birga o'ynagan bo'lsak-da, o'zimni hech kim bilan solishtirmayman. "Fiorentina"ga yaxshi mavsum o'tkazish va jamoaga maqsadlariga erishishda yordam berish uchun keldim.
Argentina terma jamoasi va "Fiorentina" afsonasi Batistuta bilan gaplashdimmi? Yo'q.
Franko Mastantuono «Fiorentina»ga ijaraga berildi

Franko Mastantuono «Fiorentina»ga ijaraga berildi

«Real Madrid» futbolchisi Franko Mastantuono 2027-yilning yoziga qadar «Fiorentina» safida ijarada o'ynaydi.

«Real Madrid» klubi rasmiy bayonot berdi:

«Real Madrid» va «Fiorentina» futbol klublari Franko Mastantuononing 2027-yil 30-iyuniga qadar ijaraga berilishi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Franko Mastantuono «Fiorentina»ga ijaraga o'tadi

Franko Mastantuono «Fiorentina»ga ijaraga o'tadi

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Franko Mastantuono «Fiorentina»ga ijaraga o'tadi. Futbolchi 2027-yilning iyun oyida «Real Madrid» safiga qaytadi.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Franko Mastantuono «Fiorentina»ga ijaraga o'tadi — HERE WE GO!

Mastantuono 2027-yilning iyun oyida «Real Madrid» safiga qaytadi.