Alex Meretning shartnomasi borasida vaziyat qanday?
Alex Meretning Napoli bilan shartnomasi 2027-yilda yakunlanadi. Klub rahbariyati futbolchi agenti bilan muzokaralarni 2026-yil oxiriga rejalashtirmoqda.
Alex Meret bilan shartnomani uzaytirish masalasi Napoli uchun hal etilmagan savollardan biri bo'lib qolmoqda.
Darvozabonning shartnomasi 2027-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. TuttoMercatoWeb portali ma'lumotiga ko'ra, Manna futbolchining agenti Federiko Pastorello bilan uchrashuvni 2026-yilning oxiriga rejalashtirgan.