Federiko Pastorello: "Yuventus" Palmizani bilan qiziqmoqda
Federiko Pastorelloning so'zlariga ko'ra, "Yuventus" yozda darvozabon Palmizani bilan qiziqqan va kelasi yozda ham bu qiziqish davom etishi mumkin.
Federiko Pastorello, Palmizani agenti:
"Yuventus" u bo'yicha hali yozda so'rov yuborgandi, xuddi boshqa ko'plab klublar, jumladan, APLdagi xorijiy klublar kabi. Ular uni Vikario o'rniga ikkinchi darvozabon sifatida olishlari mumkin edi. Klub kelasi yozda o'z qiziqishini tasdiqlashini kutamiz.