🚨 Milan yana bir hujumkor yarim himoyachi izlamoqda
Torino ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, Ruben Amorim jamoani hujumchi ortida o'ng qanotda harakat qila oladigan yana bir chapqol hujumkor yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.
Asosiy variantlar:
🔴 Matias Soule — Milan uning vakillari bilan aloqani davom ettirmoqda, garchi Roma argentinalik futbolchini sotishni unchalik istamayotgan bo'lsa-da.
⚪ Brahim Diaz — Amorim uchun eng mos variantlardan biri, ammo futbolchining o'zi Real Madridda qolishni istamoqda.
🔴 Harvey Elliott — Liverpul ingliz futbolchisini qulay shartlar asosida qo'yib yuborishi mumkin.
🔴 Ethan Nwaneri — Milan allaqachon sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilgan, ammo klub taxminan 45 million yevro atrofidagi summa tufayli hozircha ikkilanmoqda.
Shuningdek, Gestifute agentligi futbolchilarini ham kuzatib borish kerak — nomzodlar orasida Fer Lopez va Fabio Vieira tilga olinmoqda.
Asosiy shart — Rafael Leao bilan bog'liq vaziyat. Agar portugaliyalik futbolchi jamoada qolsa, yangi hujumkor yarim himoyachini transfer qilish ancha qiyinlashadi.