📰 AS jurnalisti S. Lopes xabariga ko'ra: "Madrid"da hamon Endrikka ishonishadi.
Biroq, o'ylashimcha, "qaymoqranglilar" 20 yoshli hujumchi uchun ijaraga o'tishi mumkin bo'lgan yangi klub qidirmoqda.
Braziliyalik futbolchiga yangi mavsumda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish juda qiyin bo'ladi. Bunga "Madrid" loyihasining Kilian Mbappe atrofida qurilgani hamda Brahim Diasning universal o'yinchi ekani sabab bo'lmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!