Real Madrid Endrikni ijaraga berishi mumkin
AS jurnalisti S. Lopesning xabar berishicha, Real Madrid Endrikni ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda.
📰 AS jurnalisti S. Lopes xabariga ko'ra: "Madrid"da hamon Endrikka ishonishadi.
Biroq, o'ylashimcha, "qaymoqranglilar" 20 yoshli hujumchi uchun ijaraga o'tishi mumkin bo'lgan yangi klub qidirmoqda.
Braziliyalik futbolchiga yangi mavsumda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish juda qiyin bo'ladi. Bunga "Madrid" loyihasining Kilian Mbappe atrofida qurilgani hamda Brahim Diasning universal o'yinchi ekani sabab bo'lmoqda.