📰 Marca xabariga ko'ra, "Madrid" klubi Brahim Diazga ishonch bildirmoqda. "Qirollik klubi" vinger bilan hamkorlikni saqlab qolish niyatida, shu sababli kelasi hafta klub uning shartnomasi 2031-yilga qadar uzaytirilganini rasman e'lon qiladi.
27 yoshli marokashlik futbolchining o'zi ham "Real Madrid"dagi o'yinlariga diqqatini qaratgan. So'nggi bir necha oy ichida Brahim turli klublardan kelib tushgan bir nechta juda foydali takliflarni rad etdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!