🎤 Emmanuel Adebayor Diomande haqida:
Men uning uchun juda xursandman. Uni Afrika Millatlar kubogi va jahon chempionati oldidan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlarida ko'rganman va o'shanda ham u ulkan iqtidor egasi ekanligini tushunganman. Uning texnikasi va driblingi shunchaki hayratlanarli.
Bundesligadagi, Afrika Millatlar kubogidagi va jahon chempionatidagi yuqori saviyadagi o'yinlardan so'ng, endi «Real Madrid»da o'zini ko'rsatish vaqti keldi.
Men Madridda o'ynaganman va bu shaharni yaxshi bilaman. Agar u bir nechta ajoyib o'yin o'tkaza olsa, muxlislar uni yaxshi ko'rib qolishadi va keyin unga ancha osonroq bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!