Kurtua va Bellingem "Rasing"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi
Tibo Kurtua va Jud Bellingem "Rasing"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Real Madrid" futbolchilarining intervyulari.
Kurtua: "Men uchun "Madrid" sardori bo'lish katta sharaf.
"Qirollik klubi" futbolchilarining o'yindan keyingi intervyulari
Kurtua: "Menga "Rasing" stadionida o'ynash juda yoqadi. Men bu stadionda 15 yildan beri maydonga tushmagan edim. Mahalliy muxlislar raqibga juda katta bosim o'tkazishadi va bu ajoyib.
Men uchun "Madrid" kabi dunyoning eng buyuk klubi sardorlik bog'ichini taqib yurish har doim katta sharaf.
Luninmi? U bizga "Barselona" ustidan g'alaba keltirdi".
Bellingem: "Biz "Rasing" ustidan qozonilgan g'alabadan juda xursandmiz. "El-Klasiko"dagi g'alabadan so'ng, bugungi bahsda ham g'alaba qozonishimiz shart edi.
Diomande goli? U aqlbovar qilmas gol urdi. Yan bunday zarba bera olishini "Leyptsig"ga qarshi o'yinda ko'rmagunimcha bilmasdim. U fenomenal futbolchi va biz uning "Madrid"da to'p surayotganidan juda xursandmiz.
Ketma-ket oltita g'alaba? Bu ajoyib, lekin "Madrid"da eng muhim g'alaba — bu har doim navbatdagisi. Bizning falsafamiz shunday. Biz navbatdagi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak — hozir faqat shu haqda o'ylayapmiz.
Men "Madrid" safida 50 ta gol urish darajasiga yetdimmi? Albatta, men uchun bu katta sharaf, chunki "Madrid" — mening orzuyimdagi klub. Ammo bundan tashqari, menimcha, jamoa uchun barchamiz gollarda ishtirok etishimiz juda muhim. Men bo'lamanmi, Mbappe, Gyuler yoki Vinisiusmi — har birimiz o'z hissamizni qo'shishimiz kerak.
"Quruq" o'yinmi? Bu butun jamoaning mehnati natijasi, ammo himoyachilar, Kurtua va Lunin uchun bu alohida ahamiyatga ega. Bu ularning kuchi va raqobatbardoshligini ko'rsatadi. Mourinyu har doim aynan shunga urg'u beradi: har birimiz jamoa uchun ishlashimiz kerak".