📈 "Real Madrid" kataloniyaliklar "Spotify Camp Nou"ga qaytganidan keyin La Ligada "Barselona"ni mag'lub etgan ilk jamoaga aylandi.
📈 "Real Madrid" "Klasiko"dagi g'alabalar soni bo'yicha yana oldinga chiqib oldi. Endilikda "qirollik klubi" hisobida 107 ta g'alaba bor, "ko'k-anorranglilar"da esa — 106 ta.
📈 "Real Madrid" so'nggi sakkizta "Klasiko"da ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi (olti mag'lubiyatdan so'ng).
📈 Mbappe 2013/14-yilgi mavsumdan buyon "Barselona"ga qarshi safar o'yinlarida "Real Madrid"ning eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning hisobida 5 ta gol bor — bu avvalgi rekordchilar Ronaldu va Benzemadan bitta ko'p.
📈 Mbappe "Barselona" darvozasiga jami 14 ta gol urdi. Kataloniyaliklar uning ikkinchi eng sevimli raqibi hisoblanadi, fransiyalik futbolchi bundan ko'proq faqat "Monpelye"ga qarshi o'yinlarda (15 ta gol) gol urgan.
📈 Mbappega "Klasiko"da 8 ta gol urish uchun bor-yo'g'i 7 ta o'yin kifoya qildi. Bu Payinyo va Samityer bilan bir qatorda tarixdagi eng yaxshi natija.
📈 Lunin o'zining dastlabki beshta "Klasiko"sida 4 ta g'alabaga erishgan tarixdagi birinchi darvozabon bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!