Andrey Luninning «Real»dagi kelajagi va mashg'ulotlarga yondashuvi haqida
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 33

Andrey Luninning «Real»dagi kelajagi va mashg'ulotlarga yondashuvi haqida

📰 AS | «Madrid»da Luninning xarakteri haqida doimo ijobiy fikrlar bildiriladi. 27 yoshli darvozabon o'zini Kurtuadan kuchsiz deb hisoblamaydi. Aynan o'z kuchiga bo'lgan ishonch unga belgiyalik posbonning o'rinbosari sifatida juda kam amaliyotga ega bo'lishiga qaramay, maydonga tushishga tayyor turish imkonini beradi.

Lunin ishga shunchalik berilganki, ba'zida klubda unga biroz yuklamalarni kamaytirishni maslahat berishadi. Ukrainalik posbon o'z faoliyatidagi har bir detalni sinchkovlik bilan nazorat qiladi, o'z o'yinlari tahliliy videolarini so'raydi va hatto uyda ham individual mashg'ulot dasturiga amal qiladi.

Qolaversa, u do'stlari va oila a'zolari bilan birga shug'ullanib, uy sharoitida o'yin vaziyatlarini qayta tiklaydi.

«Klasiko»dan keyin Mourinyuning Luninni quchoqlab qo'yishi klubda darvozabon qanchalik yuqori baholanishidan dalolat beradi. Shuningdek, uning jamoa darvozabonlar murabbiyi N. Santush bilan munosabatlari juda yaxshi.

2024 va 2025 yillarda Lunin boshqa klublardan takliflar olgan, biroq ularning hech biri uni ishontira olmagan. «Madrid»da esa Luninni doimo juda yuqori baholashgan va u bilan hech qachon xayrlashishni istashmagan. Darvozabonning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan va bu tomonlarning o'zaro ishonchi ramzi hisoblanadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!