🎤 Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Har ikki jamoa o'yinchilari orasida ushbu "Klasiko" uchun Kurtuaning yo'qligidan ko'ra muhimroq yo'qotish bo'lmasa kerak. Bu "Madrid" uchun katta zarba"
📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Tongdan bugungi "Klasiko"da "Madrid"ning imkoniyatlari borasida katta ishtiyoq bilan uyg'ongandim. To'satdan telefonga xabar keldi: "Kurtua o'ynamaydi". Biz [madridistlar] la'natlanganmiz. Hammasi bizga qarshi!"
🖥 Kortegana (The Athletic jurnalisti): "Agar Flikdan "Madrid"ning qaysi o'yinchisini shamollash sababli "Klasiko"dan olib tashlashini so'rashganida, ishonchim komilki, u aynan Kurtuani tanlagan bo'lardi.
Xo'sh, endi navbat Luninga"
Oxirgi marta Lunin rasmiy o'yinda deyarli 6 oy oldin — may oyining boshida "Espanol"ga qarshi bahsda (2:0) maydonga tushgan edi
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!