🚨 AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» Andrey Luninning xarakteri, o'ziga bo'lgan ishonchi va professionalligini yuqori baholaydi.
Lunin shunchalik astoydil mehnat qiladiki, klubda unga ba'zida yuklamalarni kamaytirishni maslahat berishadi. U o'z o'yinlarini diqqat bilan tahlil qiladi, o'yinlar videolavhalarini so'rab oladi va uyda individual dastur bo'yicha qo'shimcha shug'ullanadi.
Bundan tashqari, darvozabon o'z mahoratini doimiy ravishda oshirib borish uchun do'stlari va oila a'zolari bilan birgalikda o'yin vaziyatlarini modellashtiradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!