#The Athletic — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Real Madrid va boshqa top-klublar Yevropa NBA loyihasi ustida ishlamoqda

Real Madrid va boshqa top-klublar Yevropa NBA loyihasi ustida ishlamoqda

The Athletic xabariga ko'ra, Real Madrid, PSJ, Barselona, Bavariya va Milan klublari Yevropa NBA loyihasi ustida ishlamoqda.

The Athletic xabariga ko'ra, "Real Madrid", "PSJ", "Barselona", "Bavariya" va "Milan" klublari yangi basketbol ligasi — Yevropa NBA'ni yaratish bo'yicha NBA bilan hamkorlik qilmoqda.

Manchester Siti moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topildi

Manchester Siti moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topildi

The Athletic xabariga ko'ra, Manchester Siti Premer-liga moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Klub sanksiyalarga tayyorlanmoqda.

The Athletic xabariga ko'ra, Manchester Siti Premer-liga moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog'liq deyarli barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topildi.

Sanksiyalar hali aniqlanmagan, ammo klub allaqachon apellyatsiyaga tayyorlanmoqda. Jarayon bilan tanish bo'lgan anonim manbalarga ko'ra, Siti 115 ta ayblovdan 114 tasida aybdor deb topilgan.

Mumkin bo'lgan sanksiyalar Premer-liga reglamentining W.51 qoidasida nazarda tutilgan. Jazo choralari diapazoni quyidagilarni o'z ichiga oladi: rasmiy ogohlantirishlar, jarimalar, turnir jadvalidan ochkolar olib tashlash va hatto Premer-ligadan chetlatishgacha bo'lgan choralar. Shuningdek, Sitini ba'zi sovrinlardan mahrum qilish ehtimoli ham mavjud.

Chempionlar ligasiga bu ayblovlar va sanksiyalar taalluqli emas.

Kristofer Nkunku «Chelsi»dagi o'yin uslubi va Enzo Mareska haqida

Kristofer Nkunku «Chelsi»dagi o'yin uslubi va Enzo Mareska haqida

Kristofer Nkunku «Chelsi»dagi o'yin uslubi, pozitsiyalar va bosh murabbiy Enzo Mareska bilan bo'lgan munosabatlari haqida gapirib berdi.

Kristofer Nkunku The Athletic nashriga bergan intervyusida «Chelsi»da yetarlicha imkoniyat olganmi yoki yo'q, degan savolga javob berdi:

Men shikoyat qilishni istamayman va shikoyat ham qilmayapman. Men ham ba'zi narsalarni yaxshiroq bajarishim mumkin edi. «Chelsi»da yondashuv ko'proq quyidagicha edi: «Sen o'z pozitsiyangda qolishing kerak».

Agar sen vinger sifatida o'ynasang, qanotda qolishing va shunchaki yakkama-yakka vaziyatlarga kirishing kerak edi. Men buni qila olaman, lekin butun o'yin davomida emas, chunki menga pozitsiyalarni o'zgartirish va markazga intilish kerak.

Enzo Mareska bilan ishlash haqida:

Unda men, ehtimol, faqat bitta pozitsiyada o'ynashim mumkin bo'lgan tizim bor edi. Ammo u u yerga boshqa o'yinchini qo'yishni yoki meni boshqa pozitsiyada tushirishni afzal ko'rdi.

Shuning uchun men buni hurmat qilishim kerak edi. Men: «Ehtimol, men boshqa pozitsiyalarda ham o'ynay olaman», derdim, lekin u bosh murabbiy, shuning uchun qarorni u qabul qilardi.

O'ng ustun yangiliklari

Jim Ratcliffe Reform UK siyosiy partiyasi videosidan norozi

Jim Ratcliffe Reform UK siyosiy partiyasi videosidan norozi

The Athletic xabariga ko'ra, Jim Ratcliffe o'z so'zlaridan Reform UK siyosiy partiyasi videosida foydalanilganidan bexabar bo'lgan.

🗞️ The Athletic:

Sir Jim Ratcliffe Reform UK siyosiy partiyasiga o'z so'zlaridan ularning yaqinda e'lon qilingan promo-roligida foydalanish uchun ruxsat bermagan.

U bu video haqida umuman hech narsa bilmagan. Shu bilan birga, Ineos vakillari partiyadan rolikni o'chirishni talab qilishganmi yoki yo'qmi, buni tasdiqlashmadi.

Ted Sharman-Lou «Chelsi»ning uchinchi darvozaboniga aylanadi

Ted Sharman-Lou «Chelsi»ning uchinchi darvozaboniga aylanadi

The Athletic xabariga ko'ra, Ted Sharman-Lou «Chelsi»ning uchinchi darvozaboniga aylanadi. Bu esa Gabriel Slonina transferga qo'yilganini anglatadi.

The Athletic xabariga ko'ra, Ted Sharman-Lou «Chelsi» safida uchinchi darvozabon maqomini oladi.

Bu esa Gabriel Slonina yozgi transfer oynasida klubni tark etishi yoki ijaraga berilishi mumkinligini anglatadi.