#Nikolas Jekson — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Aleksandr Isakning zarbalar sifati yuqori darajaga chiqdi

Aleksandr Isakning zarbalar sifati yuqori darajaga chiqdi

Aleksandr Isakning bu mavsumdagi zarbalar sifati va uning o'yin uslubidagi o'zgarishlar tahlili.

Aleksandr Isak bu mavsumda zarbalar sifati bo'yicha mutlaqo yangi darajaga chiqdi.

Buni post-shot xG (zarba yo'llangandan keyingi xavflilik) va penaltilarni hisobga olmagandagi oddiy xG (npxG) ko'rsatkichlari o'rtasidagi farq yaqqol ko'rsatib turibdi.

Ushbu ko'rsatkich futbolchi ijro mahorati evaziga gol urish ehtimolini qanchalik oshirayotganini baholashga imkon beradi. Ya'ni, qiymat qanchalik yuqori bo'lsa, futbolchi o'z ijrosi bilan shunchalik ko'p xavf yaratayotgan bo'ladi.

Ayni damda APL to'purarlari kuchli beshligidagi ko'rsatkichlar quyidagicha:

🛑 Isak – +0,31
🛑 Xoland – +0,18
🛑 Jekson – +0,12
🛑 Barri – +0,11
🛑 Evanilson – +0,02

Bu mavsumda Isakni harakatchanlik yetishmasligi uchun ko'p tanqid qilishmoqda – Aleksandr «Nyukasl»dagi davriga qaraganda hujumlarni rivojlantirishda sezilarli darajada kamroq ishtirok etmoqda va bu borada o'tgan mavsumdagi Ekitike ko'rsatkichlaridan ortda qolmoqda. Shu sababli uning jarima maydonchasi tashqarisidagi o'yinga ta'siri borasida savollar tug'ilmoqda.

Ammo kombinatsion o'yindagi ishtirokning kamayishi zarbalarni yakunlashdagi shunchalik yuqori sifat bilan qoplanayotgan bo'lsa, bunday o'zgarish o'zini oqlashi mumkin. Oxir-oqibat, markaziy hujumchining vazifasi doimo to'p uchun pastga tushib, o'yinda qatnashishdan iborat emas. Agar Isak hatto unchalik qulay bo'lmagan vaziyatlarni ham haqiqiy xavfli zarbalarga aylantira olsa, buning evaziga uning harakatchanligining bir qismini qurbon qilishga arziydi.

Asosiysi, jamoa bu sifatlardan imkon qadar samaraliroq foydalanishni o'rganishi kerak.

Nikolas Jekson «Aston Villa» tarixida yangi natija qayd etdi

Nikolas Jekson «Aston Villa» tarixida yangi natija qayd etdi

Nikolas Jekson «Fulxem» darvozasini ishg'ol qilib, «Aston Villa» safida Premer-liganing ketma-ket uchta uy uchrashuvida gol urgan futbolchiga aylandi.

Nikolas Jekson «Fulxem» darvozasini ishg'ol qilib, Morgan Rojersdan (2024-yil aprel) keyin Premer-liganing ketma-ket uchta uy uchrashuvida gol urgan ilk «Villa» futbolchisiga aylandi.

Nikolas Jekson «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda ajoyib statistika qayd etdi

Nikolas Jekson «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda ajoyib statistika qayd etdi

Nikolas Jekson «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda ajoyib statistika qayd etdi va tanqidchilarga javob qaytardi.

Nikolas Jekson «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda:

• 82 daqiqa maydonda harakat qildi
• 2 ta gol urdi
• 2 ta zarba darvoza to'g'risiga yo'llandi
• 3 ta fol ishlab oldi
• 100% aniq uzatmalar raqib jarima maydonchasi yaqinida
• 100% muvaffaqiyatli uzun uzatmalar
• 100% oldinga yo'naltirilgan uzatmalar
• 100% yutib olingan havodagi kurashlar
• 100% muvaffaqiyatli to'p olib qo'yishlar.

Klubga o'tganida ustidan kulganlarni ko'rsatib qo'ying.
Club Brugge 2:3 Aston Villa: Chempionlar ligasidagi ilk g'alaba

Club Brugge 2:3 Aston Villa: Chempionlar ligasidagi ilk g'alaba

Chempionlar ligasining birinchi turida Aston Villa safarda Club Brugge ustidan g'alaba qozondi. Nikolas Jekson o'zining debyut golini kiritdi.

Chempionlar ligasining birinchi turida g'alaba qozonib, mavsumdagi ilk muvaffaqiyatimizni qo'lga kiritdik!

Nikolas Jekson debyut golini urdi, uni tabriklaymiz!