❓Jerar Martin yaqin o'yinlarda chap qanot himoyasiga qaytishi ehtimoli bormi yoki siz uni faqat markaziy himoyachi sifatida ko'rishingiz sababli bu variantni istisno qilasizmi?
🗣 Xansi Flik: «U ikkala pozitsiyada ham o'ynay oladi. Jerarning kuchli tomoni shundaki: u ham qanot himoyasida, ham markazda harakat qila oladi. Ushbu vaziyatda har ikkala pozitsiya ham rejalarimizga kiradi. Ertaga nima bo'lishini ko'ramiz».
❓Mavsum boshida barchamiz Rafinyani «to'qqizlik» pozitsiyasida ko'rib, biroz hayron qolgandik. Ammo mavsumning hozirgi bosqichida u Keyn yoki Mbappega qaraganda ko'proq gol urdi. U «to'qqizlik» bo'la olishini qachon tushunganingizni tasvirlab bera olasizmi? Sizningcha, hatto terma jamoada ham u «to'qqizlik»mi?
🗣 Xansi Flik: «Braziliya terma jamoasi haqida ko'p narsa bilmayman, chunki bu mening vazifalarimga kirmaydi. Bizda u fantastik darajada o'ynamoqda. Uning kuchli tomonlari va sifatlari biz qanday o'ynashni xohlayotganimiz, to'p bilan va to'psiz undan nimalarni kutayotganimiz nuqtai nazaridan shunchaki hayratlanarli. U juda diqqatli, raqibga moslashuvchan. Hozir bizda unga to'p uzata oladigan o'yinchilar bor. Buni hamma biladi va u vazifasini yaxshi bajarmoqda. U bizning sardorimiz va mavsum boshidan beri o'z sifatlarini namoyish etmoqda. Men bundan juda mamnunman, chunki bu darajadagi shunday o'yinchiga ega bo'lish juda muhim».
❓Ispaniyada yashab, 11 ta o'yinda g'alaba qozonganingizdan so'ng, bu g'alabalardan ustun qo'yiladigan ikkita mag'lubiyatga duch kelganingiz sizni ajablantirmaydimi? Hozir futbol olamida paydo bo'layotgan va «Barselona» atrofidagi shubhalarga oid izohlar sizni hayron qoldirmaydimi?
Siz eng zamonaviy jamoalarni juda diqqat bilan kuzatasiz, ammo boshqa grandlar yutqazganda, bu boshqacha qabul qilinadi. Bu sizni ajablantirmaydimi, futbol bu borada adolatsiz deb hisoblamaysizmi?
🗣 Xansi Flik: «Yo'q, bu haqiqat. Biz ko'plab sabablarga ko'ra eng yaxshi futbolimizni ko'rsatmadik, buni bilamiz, ammo bu bahona emas. Natijalar boshqacha bo'lishi mumkin edi, lekin yakunda men «Real» va PSJ bilan bir xil darajada o'ynayapmiz deb hisoblayman. Men keyingi o'yinlarga ko'proq e'tibor qaratyapman, ortga qarashni yoqtirmayman — nafaqat mag'lubiyatlarga, balki g'alabalarga ham. Men uchun navbatdagi o'yin muhim va bu «Aston Villa». Keyin «Atletiko» bo'ladi. Albatta, bu ikki muhim o'yin, ammo bizda maqsadlarimizga erishish — La Liga va Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun sifat, ulkan sifat bor.Men 100% aminmanki, bizda bu sifat bor va biz tarix yarata olamiz. Buning uchun har kuni juda qattiq ishlayapmiz. Bu ikki mag'lubiyatdan keyin hech narsa o'zgargani yo'q. Men faqat shuni ayta olaman, chunki futbolda odatda ko'proq e'tibor… OAV uchun… Agar men sizning o'rningizda bo'lganimda, xuddi shunday qilgan bo'lardim, chunki mag'lubiyatlar, zaif tomonlar haqida gapirish qiziqroq».
❓Unai Emeri «Aston Villa»da to'rt yil ishladi, bu murabbiylarning hozirgi holatini hisobga olsak, o'z-o'zidan yutuq hisoblanadi. Uni elita darajasidagi murabbiy deb hisoblaysizmi?
🗣 Xansi Flik: «Men uchun, avval aytganimdek, u Yevropadagi, balki dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. U katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda, jamoasining o'yini… Ham himoyada, ham hujumda aniq struktura ko'rinib turibdi. Uning jamoasini kuzatish — bu hayratlanarli, chunki boshlanishi oson bo'lmagandi, ammo ular o'yinga qaytishdi va endi ularning to'p bilan o'ziga bo'lgan ishonchi ko'rinib turibdi. Va, albatta, Jekson — u aqlbovar qilmas darajada. Bu biz uchun yaxshi jamoa va yaxshi murabbiyga qarshi qiyin o'yin bo'ladi».
🔚 Flik matbuot anjumani yakunlandi.