Hansi Flik matbuot anjumanida Frenki de Yong va jamoa o'yini haqida gapirdi
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 20

Hansi Flik matbuot anjumanida Frenki de Yong va jamoa o'yini haqida gapirdi

❓Bernalni Frenki de Yong o'rniga maydonga tushirishga nima sabab bo'ldi? Va nima uchun jamoa dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi Rodrisiz o'yinni yaxshiroq nazorat qildi, deb o'ylaysiz?

🗣 Xansi Flik: «Javob berish oson. Frenki jarohatdan qaytmoqda, o'tgan o'yinda u markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynadi. Bernal maydonda o'tkazgan har bir daqiqasida fantastik o'yin ko'rsatmoqda. Biz uchun u Rodri o'rniga maydonga tushishi aniq edi. Qolaversa, Frenki bizga boshqa vaziyatlarda kerak edi. 3:0 hisobida biz almashtirishni amalga oshirishga qaror qildik. O'ylayman-ki, bu yaxshi lahza va to'g'ri qaror bo'ldi».

❓O'yin ustidan nazorat nima uchun yaxshiroq bo'ldi?

🗣 Xansi Flik: «Xo'sh, tanaffusdan keyin biz ushbu o'yinga yaxshiroq moslashdik. Biz har doim shunday qilamiz. O'ylayman-ki, biz o'yinchilarga nima to'g'ri, nima noto'g'ri ekanligini ham ko'rsatdik. Shunday... Gap rejamizni, strategiyamizni va hokazolarni bajarish haqida bormoqda. Futbolchilar buni uddalashdi va men juda mamnunman. Bunday jamoalar bilan o'ynashda doimo o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab qolish, to'pga egalik qilish muhim va biz buni namoyish etdik. Hamma o'yinga jalb qilingan edi va bu juda zo'r bo'ldi».

❓Frenki markaziy himoyachi sifatida, boshqa o'yinda yuqoriroq joylashgan yarim himoyachi sifatida, hozir esa pastroqda o'ynadi... Frenki de Yongning ushbu jamoadagi kelajagini qanday ko'ryapsiz? Va uni biror muhim o'yinda asosiy tarkibda ko'ryapsizmi?

🗣 Xansi Flik: «Eng muhimi, u o'yinga qaytdi. Balki u hali 100 foiz tayyor emasdir, lekin yaxshi darajada. Buni har bir mashg'ulotda ko'rish mumkin. Jismoniy tayyorgarlikka kelsak, u hali 100 foiz tayyor emas, lekin uzoq davom etgan jarohatdan keyin bu tabiiy hol. Biz uni asta-sekin o'yinga kiritishimiz kerak, xuddi barcha o'yinchilar bilan qilganimizdek. Frenki — ajoyib futbolchi. Biz har bir pozitsiyada yuqori sifat darajasiga ega bo'lishga intildik va u bilan bir yoki ikki pozitsiyada bunga erishdik. Bizda sifat oshdi va aynan shu narsani xohlaymiz».

❓Siz mudofaa chizig'i qanchalik yaxshi o'ynagani haqida gapirdingiz, ammo hujum haqida ham so'ramoqchiman. Siz juda yuqori pressing qildingiz va aynan shu narsa birinchi golga olib keldi. Gap Gordon, Fermin va Rafinya haqida bormoqda: ular bunchalik yuqoriga ko'tarilib, jamoaga yordam berishdimi va shu sababli siz kuchliroq bo'ldingizmi?

🗣 Xansi Flik: «Ha, bu uchlikka Ferminni ham qo'shish mumkin, chunki u ham biz juda yaxshi pressing qilayotganimizda muhim rol o'ynaydi va... Xo'sh, bu biz uchun juda zo'r va muhim. Biz aynan shunday o'ynashni xohlaymiz, bu bizning uslubimiz va falsafamiz. O'ylayman-ki, hamma bunga ishonchi komil va buni ko'rish yoqimli. Bu ham muhim. Xo'sh, ularning har biri gol ura olishi... Bu biz uchun juda yaxshi. Lamin darhol gol urgani juda muhim. Bu o'yinning qolgan qismida bizga juda yordam berdi».

🔚 Xansi Flik matbuot anjumani yakunlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!