Fermin Lopes "Barselona"ning so'nggi o'yinlari va jamoaning chempionlik ambitsiyalari haqida fikr bildirdi.
Fermin: "Bizda g'alaba qozonish va tanaffusga uch ochko hamda birinchi o'rinda chiqib ketish istagi juda katta edi. O'ylaymanki, birinchi bo'limda avvaliga biroz qiynaldik, ammo nazarimda, umuman olganda juda yaxshi o'yin o'tkazdik".
❓Qanday qilib qiyin boshlanishdan so'ng o'yin borishini o'zgartira oldingiz?
Fermin: "Taxminan 20 yoki 25-daqiqadan boshlab o'yinga biroz yaxshiroq kirishdik, uchrashuv borishini ko'proq nazorat qila boshladik. Menimcha, men urgan gol evaziga biroz erkinroq harakat qila boshladik, ular esa balki biroz ortga chekinishdi va biz o'yin ustidan ko'proq nazoratga ega bo'ldik".
❓"Barselona" ikkinchi bo'limni chempionlikka da'vogar jamoa darajasida o'tkazdi deb hisoblaysanmi?
Fermin: "Ha, ha, biz kiyim almashtirish xonasida birinchi bo'limni qanday tugatgan bo'lsak, shunday davom etishimiz kerakligi haqida gaplashib oldik. Men jamoa ikkinchi bo'limni ham himoyada, ham hujumda ajoyib o'tkazdi deb hisoblayman va biz juda xursandmiz".
❓"Barselona" muhim o'yinlarda kurasha olish qobiliyatingizga shubha qilganlarga signal yubordimi?
Fermin: "Biz bunga tayyor ekanligimizni bilamiz. Ammo muxlislar ikki o'yindan so'ng biroz hafsalasi pir bo'lganini tushunib turgandik. Biroq oldinda hali ko'p narsa bor, bular bor-yo'g'i ikki o'yin edi va menimcha, biz hammaga o'zimizni ko'rsatib qo'ydik: biz shu yerdamiz va barcha o'yinlarda kurashamiz".
❓Rafinya bilan to'purarlik poygasida kurashasanmi?
Fermin: "Men uni ortda qoldira olaman deb o'ylamayman, chunki Rafa shunchaki ajoyib va u shubhasiz gol urishda davom etadi. Jamoaga yordam bera olsam, bundan xursand bo'laman".
Xansi Flik matbuot anjumanida Frenki de Yongning holati, jamoaning o'yin uslubi va yosh futbolchilarning pressingdagi roli haqida fikr bildirdi.
❓Bernalni Frenki de Yong o'rniga maydonga tushirishga nima sabab bo'ldi? Va nima uchun jamoa dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi Rodrisiz o'yinni yaxshiroq nazorat qildi, deb o'ylaysiz?
🗣 Xansi Flik: «Javob berish oson. Frenki jarohatdan qaytmoqda, o'tgan o'yinda u markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynadi. Bernal maydonda o'tkazgan har bir daqiqasida fantastik o'yin ko'rsatmoqda. Biz uchun u Rodri o'rniga maydonga tushishi aniq edi. Qolaversa, Frenki bizga boshqa vaziyatlarda kerak edi. 3:0 hisobida biz almashtirishni amalga oshirishga qaror qildik. O'ylayman-ki, bu yaxshi lahza va to'g'ri qaror bo'ldi».
❓O'yin ustidan nazorat nima uchun yaxshiroq bo'ldi?
🗣 Xansi Flik: «Xo'sh, tanaffusdan keyin biz ushbu o'yinga yaxshiroq moslashdik. Biz har doim shunday qilamiz. O'ylayman-ki, biz o'yinchilarga nima to'g'ri, nima noto'g'ri ekanligini ham ko'rsatdik. Shunday... Gap rejamizni, strategiyamizni va hokazolarni bajarish haqida bormoqda. Futbolchilar buni uddalashdi va men juda mamnunman. Bunday jamoalar bilan o'ynashda doimo o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab qolish, to'pga egalik qilish muhim va biz buni namoyish etdik. Hamma o'yinga jalb qilingan edi va bu juda zo'r bo'ldi».
❓Frenki markaziy himoyachi sifatida, boshqa o'yinda yuqoriroq joylashgan yarim himoyachi sifatida, hozir esa pastroqda o'ynadi... Frenki de Yongning ushbu jamoadagi kelajagini qanday ko'ryapsiz? Va uni biror muhim o'yinda asosiy tarkibda ko'ryapsizmi?
🗣 Xansi Flik: «Eng muhimi, u o'yinga qaytdi. Balki u hali 100 foiz tayyor emasdir, lekin yaxshi darajada. Buni har bir mashg'ulotda ko'rish mumkin. Jismoniy tayyorgarlikka kelsak, u hali 100 foiz tayyor emas, lekin uzoq davom etgan jarohatdan keyin bu tabiiy hol. Biz uni asta-sekin o'yinga kiritishimiz kerak, xuddi barcha o'yinchilar bilan qilganimizdek. Frenki — ajoyib futbolchi. Biz har bir pozitsiyada yuqori sifat darajasiga ega bo'lishga intildik va u bilan bir yoki ikki pozitsiyada bunga erishdik. Bizda sifat oshdi va aynan shu narsani xohlaymiz».
❓Siz mudofaa chizig'i qanchalik yaxshi o'ynagani haqida gapirdingiz, ammo hujum haqida ham so'ramoqchiman. Siz juda yuqori pressing qildingiz va aynan shu narsa birinchi golga olib keldi. Gap Gordon, Fermin va Rafinya haqida bormoqda: ular bunchalik yuqoriga ko'tarilib, jamoaga yordam berishdimi va shu sababli siz kuchliroq bo'ldingizmi?
🗣 Xansi Flik: «Ha, bu uchlikka Ferminni ham qo'shish mumkin, chunki u ham biz juda yaxshi pressing qilayotganimizda muhim rol o'ynaydi va... Xo'sh, bu biz uchun juda zo'r va muhim. Biz aynan shunday o'ynashni xohlaymiz, bu bizning uslubimiz va falsafamiz. O'ylayman-ki, hamma bunga ishonchi komil va buni ko'rish yoqimli. Bu ham muhim. Xo'sh, ularning har biri gol ura olishi... Bu biz uchun juda yaxshi. Lamin darhol gol urgani juda muhim. Bu o'yinning qolgan qismida bizga juda yordam berdi».
Brayan Farinyas "Barselona" safidagi debyuti va jamoadoshlarining yordami haqida gapirdi.
Brayan Farinyas: "Men juda baxtliman va shu yillar davomida qilgan mehnatimdan faxrlanaman. Bu har bir bolaning orzusi. La Ligada, "Barselona"da, ya'ni hayotim davomidagi klubimda... Men juda baxtliman.
Avvaliga biroz hayajonlandim, lekin keyin o'yinga kirishib ketdim va o'ylashimcha, futbolchi sifatida yetarlicha kuchli xarakterga egaman. Rostini aytsam, o'zimni qulay his qildim. Murabbiy qayerga qo'ysa, o'sha yerda o'ynayman.
Jamoa o'rtoqlarim menga juda ko'p yordam berishdi. Kubarsi, Rodri, Fermin va Lamin, ular qanotimda yonimda bo'lishdi. Ular menga ishonch bag'ishlashdi".
Fermin Lopes "Kamp Nou"dagi g'alaba hamda jamoaning hozirgi holati va bo'lajak o'yinlar haqida fikr bildirdi.
Fermin: «Bizda og'ir hafta bo'ldi. O'ylashimcha, "Kamp Nou"ga qaytish va muxlislarimiz qarshisida o'ynab, vaziyatni o'nglashdan ko'ra yaxshiroq ssenariy bo'lishi mumkin emasdi. Biz yaxshi o'yin o'tkazdik va o'zimizning haqiqiy darajamizga qayta oldik, deb hisoblayman. Endi aynan shunday o'ynashda davom etishimiz kerak».
❓Birinchi goldan keyin hammasi ancha osonlashdimi?
Fermin: «Ha, biz ular juda chuqur himoyalanishini va uzatmalarni yopishga urinishini bilardik. Ammo tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldik va bu o'yinni yanada ochiqroq qildi, deb o'ylayman. Shundan so'ng ko'proq vaziyatlar yarata oldik».
❓Bu mavsum La Ligada 5 ta gol urding va 5 ta assist qayd etding. Yomon ko'rsatkich emasmi?
Fermin: «Ha. Ammo oldinda hali ko'p ishlar bor va biz xuddi shu ruhda ishlashda davom etishimiz kerak. Jamoaga gollar urib va vaziyatlar yaratib yordam bera olayotganimdan juda xursandman».
❓Oltinchi goldan keyin Flik seni yoniga chaqirdi; u senga tempni pasaytirishni va ortiqcha kuch sarflamaslikni aytayotgandek tuyuldi. U senga aynan nima dedi?
Fermin: «Yo'q. U menga Frenki de Yongni almashtirmoqchi ekanligini aytdi. U juda charchaganimni tushunishini aytdi, lekin mendan biroz sabr qilishni va maydonda xotirjamroq harakat qilishni so'radi».
❓Oldinda "Aston Villa" va "Atletiko"ga qarshi ikki qiyin o'yin turibdi. Bu haftani jamoani qayta baholash va bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun yangi sinov deb hisoblash mumkinmi?
Fermin: «Ha, chunki hozir hali oktyabr oyi. Ammo bilaman, ko'pchilik El-Klasiko va PSJga qarshi o'yinni biz uchun muhim sinov deb hisoblagandi, chunki bular juda yuqori darajadagi va katta kuch talab qiladigan o'yinlar edi. Biroq biz ularning hech birida g'alaba qozona olmadik. Shunga qaramay, jamoa yaxshi formada deb hisoblayman va biz albatta qaytishimizga ishonchim komil».
❓Lamin Yamal 10 ta, Rafinya esa 15 ta gol urdi, ya'ni ular birgalikda 25 ta gol urishdi, bu La Liganing boshqa jamoalari urgan gollar sonidan deyarli ko'p. Kiyinish xonasida bu raqamlarga qanday qaraysizlar?
Fermin: «Biz uchun bu shunchaki ajoyib. Ular jamoaga juda katta yordam berishmoqda va doimiy ravishda o'yin taqdirini hal qilishmoqda. Lamin va Rafinya — biz uchun o'ta muhim o'yinchilar. Ular jamoada ekan, biz ajoyib natijalarga erishishimizga ishonchim komil».
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» Fermin Lopes va Pablo Barriosga qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha muzokaralar yo'q.
Matteo Moretto (🌕): «Manchester Yunayted» Fermin Lopes va Pablo Barriosga qiziqish bildirmoqda. Ammo hozircha hech qanday muzokaralar yo'q, bu shunchaki vaziyatni o'rganish.
Ularning ketishi dargumon. Pablo Barrios «Atletiko» uchun ajralmas o'yinchi, Fermin esa «Barsa» uchun asosiy futbolchi, ammo «Manchester Yunayted» aynan shunday o'yinchilarni qidirmoqda.
Joze Mourinyu "Barselona"ga qarshi bo'lajak El-Klasiko oldidan matbuot anjumanida jamoaning tayyorgarligi va Yamal haqidagi savollarga javob berdi.
Joze Mourinyu: "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyat "Barselona" kayfiyatini o'zgartirdi deb o'ylamayman".
"Madrid" ustozi bilan o'yinoldi matbuot anjumani
"Biz yaxshi formada ekanligimizni ko'rsatib turibmiz: sifatli futbol namoyish etib, gollar urmoqdamiz. Ammo El-Klasikoda bungacha nimalar qilganingiz ahamiyatga ega emas. Bu o'yin natijasiga ta'sir qilmaydi. El-Klasiko — butunlay boshqacha o'yin. Mavsum davomida kamida ikki marta El-Klasiko o'tkaziladi. Jamoalarni kim boshqarayotgani muhim emas, bu qarama-qarshilikning global ahamiyati birinchi o'rinda. Dunyoda boshqa muhim o'yinlar ham bor, lekin El-Klasiko bitta. "Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin kunlari butun dunyo to'xtab qoladi".
"Bo'lajak El-Klasikoda kim bosh hakam bo'ladi? Meni hakamning ismi hech qachon bezovta qilmagan. Men u yaxshi mutaxassis degan fikrdan kelib chiqaman. Meni boshqa narsa — qoidabuzarliklar xavotirga soladi. Uch hafta oldin bir familiya aytilgandi, endi boshqasi, lekin "Madrid"da hech kim menga: "Bu hakam o'yinni boshqarmaydi", demadi".
"Barselona"ning "PSJ"dan mag'lubiyati? Birgina mag'lubiyat ularning kayfiyatini yoki o'ziga bo'lgan ishonchini o'zgartiradi deb o'ylamayman. Agar biz "Leyptsig"ga 1:4 hisobida yutqazganimizda, bu ham hech narsani o'zgartirmasdi. Agar bir hafta oldin kimlardir bizni El-Klasikoda tor-mor etishadi deb o'ylagan bo'lsa, katta ehtimol bilan ular hamon shu fikrda qolishmoqda. "Barselona"ni maqtashayotgani meni bezovta qilmaydi — bu menga umuman taalluqli emas. Ba'zida ular haqiqatan ham maqtovga loyiq o'yin ko'rsatishadi. "Madrid"ga kelsak, bizni tayyor jamoa deb hisoblashmoqda, garchi bunga hali juda uzoq bo'lsa ham. Biz atigi uch oydan beri birga ishlayapmiz. Mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida futbolchilar jamoaga ikkitadan qo'shilishdi, keyin esa terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffus bo'ldi... Biz hali shakllangan jamoa bo'lishimizga juda uzoq. Biz yo'lning boshidamiz. Hali shakllanish jarayonida bo'lgan jamoani bir necha yildan beri birga ishlayotgan jamoa bilan solishtirishni adolatsizlik deb bilaman".
"Yamalni to'xtatish uchun maxsus rejamiz bormi? "Barselona"ning barcha futbolchilari — yaxshi o'yinchilar, xuddi shu narsani "Madrid" futbolchilari haqida ham aytish mumkin. Yamal — ajoyib futbolchi, bunday o'yinchilar hurmatga loyiq. Ammo raqibni hurmat qilish boshqa narsa, uning uchun o'z rejalaringni, o'yin strukturangni o'zgartirish yoki o'z prinsiplaringdan voz kechish — butunlay boshqa narsa. Biz buni na u uchun, na boshqa birov uchun qilamiz, garchi bu futbolchi qanchalik yorqin iste'dod egasi bo'lmasin".
"Flik haqida nima deb o'ylayman? Men bunday savollarni tushunmayman. U ajoyib murabbiy va juda katta ishni bajarmoqda. Mendan yana nima eshitmoqchisiz?!"
"Kamp Nou"da o'tadigan El-Klasiko tufayli bosim kuchliroq bo'ladimi? Men uchun bu boshqa har qanday stadiondagi o'yindan farq qilmaydi. Biz juda yuqori saviyadagi jamoa haqida gapiryapmiz".
"Men bir oydan beri soqol qo'yib yuribman va shu vaqt ichida "Real Madrid" barcha o'yinlarda g'alaba qozondi, bu xurofotmi? Men mutlaqo xurofotchi emasman. Soqol bilan dahshatli ko'rinyapmanmi? Balki, uni olishim kerakdir (kuladi)? Men futbolda umuman xurofotlari yo'q kam sonli odamlardan biriman".
"Fermin "Madrid"ning hakamlik haqidagi gaplari charchatayotganini" aytdi. Men nima deya olaman? Bizni charchatadigan boshqa narsalar ham bor, lekin ular sodir bo'lishda davom etmoqda..."
"El-Klasiko uchun rejam? Men bunga javob bermoqchi emasman. Keyingi savol. Men na o'yin rejasini, na tarkibni, na o'yin sxemasini muhokama qilaman. "Barselona"ning zaif nuqtasi — himoya, demak biz ko'proq hujum qilmoqchimizmi? Sen ayyor jurnalistsan, lekin men ahmoq emasman (kuladi)".
Joan Pochi Fermin Lopesning «Barcelona»dagi o'rni va uning transfer qiymati haqida fikr bildirdi.
🎙 Joan Pochi — Fermin Lopesning «Barcelona» uchun ahamiyati haqida:
Fermin — La Masiya nima uchun klubning asosiy raqobatbardosh ustunliklaridan biri bo'lib qolayotganining yorqin namunasi.
Bugun uni 110 mln yevroga baholashmoqda. U gol urmoqda, golli uzatmalar bermoqda va yarim himoyaga aqlbovar qilmas energiya olib kirmoqda, garchi uning rivojlanishi klubga deyarli hech qanchaga tushmagan bo'lsa-da.
2025-yilda «Chelsi» u uchun 70 mln yevro taklif qilishga tayyor edi, ammo Flik futbolchini qolishga ko'ndirdi.
Ferminni saqlab qolish «Barcelona» uchun har qanday yirik transferdan kam bo'lmagan ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Fermin Lopes Joze Mourinyuning matbuot bilan muloqot uslubiga munosabat bildirdi va jamoasining asosiy maqsadi o'z o'yinini yaxshilash ekanligini ta'kidladi.
🎤 Fermin Lopes Joze Mourinyu bayonotlari haqida:
Takov uning matbuot bilan muloqot uslubi va biz uni hurmat qilamiz.
Biz «Real Madrid» va boshqa jamoalarga chalg'imayapmiz, o'z rivojlanishimizga e'tibor qaratganmiz.
Ivan San-Antonio xabariga ko'ra, Barcelona Fermin Lopesning shartnomasini yaxshilash va uzaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda.
Ivan San-Antonio (🌗): Yaqin kelajakda Barcelona Ferminning shartnomasini uzaytirish masalasini ko'rib chiqishi mumkin. Bu uni jamoadagi ta'sirini hisobga olgan holda, o'zi munosib bo'lgan darajaga olib chiqish uchun qilinadi.
Yanvar oyida u shartnomasini 2031-yilning iyuniga qadar uzaytirgan edi. Biroq, APL klublari tomonidan qiziqish yuqoriligicha qolmoqda, shuning uchun keskinlikning oldini olish kerak. Barca va Fermin vakillari o'rtasida vaziyatga oydinlik kiritilgan uchrashuvlar allaqachon bo'lib o'tdi. ❤️
Fermin Lopes Lamin Yamalning «Oltin to'p»ni qo'lga kirita olmagani sabablari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Fermin Lopes Lamin Yamalning «Oltin to'p»ni olmagani haqida fikr bildirdi:
Menda shunday taassurot qoldiki, unga yoshi tufayli bu sovrinni berishmayapti.
O'tgan yili u g'alaba qozonishga juda yaqin edi, bu yil esa, mening fikrimcha, «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi bilan erishgan yutuqlarini hisobga olsak, umuman shubha bo'lmasligi kerak edi.
Fermin «Atletiko»ga qarshi o'yin va Lamin Yamal bilan hamkorligi haqida fikr bildirdi.
❓«Metropolitano»dagi «Atletiko» ustidan qozonilgan bu g'alaba qanday ahamiyatga ega?
🗣 Fermin: «Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. O'tgan yili ular bizni Kubok va Chempionlar ligasida mag'lub etishgandi, shuning uchun ularning nimalarga qodirligini bilardik. Birinchi bo'limda ular gol urganidan so'ng bizga qiyin bo'ldi, ammo o'ylayman-ki, biz o'yin borishini o'zgartira oldik va ajoyib o'yin ko'rsatdik».
❓Sizning birinchi golingiz o'yin borishini qanday o'zgartirdi?
🗣 Fermin: «O'ylayman-ki, biz eng yaxshi formada emasdik, chunki ular maydon markazida bizni yaxshi pressing qilishdi. Ammo goldan so'ng biz o'zimizni erkinroq his qildik, o'z uslubimizni yaxshiroq namoyish eta oldik va g'alabaga erishdik».
❓Siz va Lamin o'rtasidagi o'zaro tushunish yanada mustahkamlanib boradimi?
🗣 Fermin: «Ha, albatta. Oxir-oqibat, men bu haqda yaqinda bergan intervyumda ham aytgandim: biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ikkinchi golga uzatma yarim golga teng edi. Men u uchun juda xursandman va biz yangi muvaffaqiyatlarga erishishda davom etishimiz kerak».
❓La Ligadagi 100-o'yiningizda dubl qayd etdingiz. Nima uchun aynan shu o'yindagi futbolkangizni plakat ko'targan muxlisga sovg'a qildingiz?
🗣 Fermin: «Yo'q. Men birinchi bo'limda kiygan futbolkamni o'zimda olib qoldim. Keyin esa plakatni ko'rib qoldim va ikkinchi bo'limda kiygan futbolkamni sovg'a qilishga qaror qildim — bunday vaziyatlarda men har doim shunday qilishga harakat qilaman».
Fermin «Atletiko»ga qarshi bo'lajak o'yin, o'tgan mavsumdagi mag'lubiyatlar va jamoaning tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
❓Bu yakshanba kuni «Atletiko»ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi, ular o'tgan yili sizlarni Kubokdan, keyin esa Chempionlar ligasidan chiqarib yuborgandi. Bu o'yinni intizorlik bilan kutyapsizmi?
🗣 Fermin: «Maxsus intizorlik yo'q. Oxir-oqibat, bu shunchaki navbatdagi o'yin, lekin biz uning muhimligini tushunamiz, chunki o'tgan mavsumda ular bizga zarar yetkazishgan, ikki marta musobaqadan chiqarib yuborishgan. Biz ular ajoyib jamoa ekanligini va bizga jiddiy qiyinchiliklar tug'dirishini bilamiz. Biz barcha detallarni nazorat qilishimiz, o'z futbolimizni o'ynashimiz kerak va umid qilamanki, ularning maydonida g'alaba qozonamiz, chunki bu tanaffusga yetakchi sifatida chiqib ketishimizga imkon beradigan muhim g'alaba bo'lardi».
❓Qandaydir saboqlar chiqardingizmi? O'yinga tayyorgarlik ko'rishda raqiblar qanotlardan mudofaangizni doimiy ravishda qanday yorib o'tgan epizodlarni tahlil qilsangiz kerak.
🗣 Fermin: «Har bir jamoa o'zicha o'ynaydi va o'tgan yili ular bizni biroz o'qib olishgan va jiddiy zarar yetkazishgan. O'ylaymanki, bu yil bizda hammasi joyida, ayniqsa oxirgi o'yinda himoya shunchaki ajoyib o'ynadi. Bu jihatlarni yaxshilash mumkin, ammo balki bizda omadsiz kun bo'lib qolar va ular yana zarar yetkazishar. Lekin biz hujumchilar pressingda bo'lsin, himoyachilar bo'lsin — imkon qadar barchasini nazorat qilishga harakat qilyapmiz. Biz murabbiy so'rayotgan barcha narsani bajarishga, ularning kuchli tomonlarini minimallashtirishga va o'z o'yinimizni ko'rsatishga intilyapmiz».
❓Oxirgi marta «Metropolitano»ga chiqqaningizda, labingiz yorilgandi va o'yinni oxirigacha o'tkaza olmagandingiz. Bu «Barsa»dagi faoliyatingizdagi eng og'ir damlardan biri edimi, ayniqsa Chempionlar ligasi yarim finaliga bir qadam qolganida safdan chiqqaningizni hisobga olsak?
🗣 Fermin: «Ha, «Inter» bilan bo'lgan holatni ham hisobga olsak, bu ham eng og'riqli damlar qatoriga kiradi: menga chok qo'yishgan va bu juda og'riqli edi, eng asosiysi — bizni musobaqadan chiqarib yuborishgani uchun. Meni eng ko'p qiynagani ham shu, shuningdek, agar o'sha to'p darvozaga kirganida, balki o'yin boshqacha tus olarmidi. Bu haqda ko'p o'ylaysan. Bu eng yaxshi dam emasdi, lekin har bir tajribadan saboq olsa bo'ladi».
Fermin Lopes og'ir haftadan so'ng muxlislar yordami muhimligini va mashg'ulotlardagi fidoyiligi haqida gapirib o'tdi.
🗣️ Fermin Lopes — muxlislar qo'llab-quvvatlashi haqida:
«Biz uchun bu og'ir hafta bo'ldi. O'zimizga bo'lgan ishonchni qayta tiklash uchun «Kamp Nou»da muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi bizga juda zarur edi».
Seshanba kungi muhim o'yinga tayyorgarlik haqida:
«Murabbiy hatto mendan tempni biroz pasaytirishni so'rashga majbur bo'ldi. Ammo bu men uchun oson emas, chunki men har doim bor kuchim bilan harakat qilaman».
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda.
🚨 Matteo Moretto: «Manchester Yunayted» Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.
Angliya klubi allaqachon «Barselona» yarim himoyachisi haqida ma'lumot to'plagan va Madridga qilgan yaqindagi safari davomida bir nechta uchrashuvlar o'tkazish uchun imkoniyatdan foydalangan.
Joze Mourinyo «Barselona» va «Real» o'rtasidagi farq, Lamin Yamal hamda Hansi Flik haqidagi savollarga javob berdi.
❓Yarim mavsum yakunlariga ko'ra, «Real» hisobida «Barselona»dan atigi bitta mag'lubiyat ko'p. «Barsa» ko'plab maqtovlarga loyiq ko'rildi, ko'plab gollar urdi va mavsumni juda yaxshi boshladi. Siz «Barselona»ni haddan tashqari ko'p maqtashyapti, «Real»ni esa juda qattiq tanqid qilishyapti deb hisoblaysizmi? Bir necha kun oldin ko'pchilik «Barselona» «Real»ni tor-mor etishi mumkin deb o'ylayotgandi. Ikkala jamoaga berilayotgan baholardagi bunday farqni qanday qabul qilasiz? Ular o'rtasida haqiqatan ham shunchalik katta jarlik bormi?
🗣 Mourinyo: «O'ylaymanki, bir hafta oldin «Barselona» bizni tor-mor etishi mumkin deb hisoblaganlar, hali ham shunday fikrda. Parijdagi o'yindan yoki «Leyptsig» bilan «Bernabeu»dagi uchrashuvimizdan keyin ular o'z fikrini o'zgartirdi deb o'ylamayman. «Barselona» haqida yaxshi gaplar aytilayotgani menga hech qanday ta'sir qilmaydi. Buning menga aloqasi yo'q. Ochig'ini aytsam, shunday lahzalar va o'yinlar bo'ladiki, «Barselona» shubhasiz katta maqtovlarga loyiq, chunki ular haqiqatan ham juda va juda yaxshi ishlar qilishmoqda.
Bizning holatda, shunchaki bizga tayyor mahsulot sifatida qarashayotganini his qilaman. Futbolda tayyor mahsulot haqida gapirish qiyin, chunki jamoa hech qachon butunlay shakllanib bo'lmaydi, lekin rivojlanishning ilg'or bosqichidagi jamoalar haqida gapirish mumkin. Bizga aynan shunday qarashmoqda, go'yoki biz allaqachon rivojlanish jarayonining ilg'or bosqichidamiz, aslida esa biz birga ishlaganimizga bor-yo'g'i uch oy bo'ldi. Agar shu uch oydan tayyorgarlik jarayonini, har hafta yangi futbolchilar — ikki yoki uchtadan — kelib qo'shilganini, shuningdek, futbolchilar terma jamoalarda o'tkazgan ikki, deyarli uch haftani ayirib tashlasangiz, aslida biz birga ishlaganimizga bor-yo'g'i bir yarim, balki ikki oy bo'lgani ma'lum bo'ladi. Shunga qaramay, biz haqimizda tayyor mahsulot sifatida gapirishmoqda. Holbuki, biz bundan juda yiroqmiz. Bu endigina boshlangan loyiha. Biz hali ham murabbiy jamoa bilan tanishayotgan, uni tahlil qilayotgan va rivojlanish yo'nalishlarini bosqichma-bosqich belgilab olayotgan bosqichdamiz. Futbolchilar ham o'z murabbiyi, uning ish uslublari, xulq-atvori va jamoani boshqarish uslubi bilan tanishmoqda. Shunday bosqichdagi jamoani ikki yoki uch yildan beri birga ishlayotgan yoki o'n-yigirma yildan beri ma'lum bir tizimda faoliyat yuritayotgan boshqa jamoalar bilan solishtirish menga adolatli bo'lib ko'rinmaydi. Keyin esa, biz yomonroq o'ynasak yoki noxush natijaga erishsak, tanqid — bu shunchaki futbolning bir qismi».
❓Lamin Yamal haqida nimalar deb o'ylaysiz?
🗣 Mourinyo: «Ularning barchasi juda yaxshi. «Real»da ham xuddi shunday. Na «Real»da, na «Barselona»da juda yaxshi bo'lmagan birorta futbolchini ayta olaman. Ularning barchasi ajoyib».
❓Ertaga Yamalni qanday qilib zararsizlantirmoqchisiz? Uning borligi himoyadagi rejalaringizni o'zgartiradimi? Boshqa o'yinchilar uni qo'riqlashda yordam berishlari kerakmi?
🗣 Mourinyo: «Bu ajoyib futbolchi. Ajoyib futbolchilarni esa hurmat qilish kerak. Lekin hurmat qilish boshqa, rejalarni o'zgartirish, sxemani o'zgartirish yoki o'zligingizdan voz kechish boshqa narsa. Biz na u uchun, na alohida mahoratga ega bo'lgan boshqa raqib uchun bunga bormaymiz. Oxir-oqibat, biz faqat shu o'yinni emas, balki boshqa ko'plab uchrashuvlarni ham o'tkazamiz».
❓Jamoalar loyihalari va bir klubda bir necha yil ishlaydigan murabbiylar haqida gapiryapsiz. Albatta, shuncha vaqt o'tgach, murabbiy ishiga ijobiy baho berish mumkin. Shuning uchun Flikning qilgan ishi haqida so'ramoqchiman. Uning ishi haqida nimalar deb o'ylaysiz?
🗣 Mourinyo: «Nega menga raqiblarimiz haqida savol berayotganingizni tushunmayapman. Flik haqida nima deyishim kerak? U ajoyib murabbiy, u ajoyib ish qilyapti, tamom. Yana nima deyishim mumkin? Boshqa hech narsa deya olmayman».
❓Fermin hakamlar haqidagi bahslar joniga tekkanini aytdi. Bu fikr haqida nima deb o'ylaysiz, ayniqsa, u «Barselona» futbolchisi tomonidan aytilganini hisobga olsak?
🗣 Mourinyo: «Balki... Bizni boshqa narsalar charchatmoqda, ular sodir bo'lishda davom etmoqda, Ferminni esa bu haqda gapirayotganimiz charchatayapti, xuddi o'zi aytganidek, to'g'rimi?».
Luis Enrike «Barselona»ga qarshi kechgan bahs hamda jamoasining o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Luis Enrike: «O'yin men kutganimdek juda og'ir va keskin kechdi. «Barselona» darajasini haqiqatda faqat ular bilan to'qnash kelgandan keyingina baholash mumkin. O'yin juda teng kurashlar ostida o'tdi.
O'ylaymanki, birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik: raqib maydonida ko'plab to'plarni olib qo'ydik va «Barselona» qanday formada bo'lishidan qat'i nazar, o'yinni a'lo darajada nazorat qildik.
Ikkinchi bo'limda 10–15 daqiqa davomida qiyinchiliklarga duch keldik: «Barselona» o'yin borishini ko'proq nazorat qildi va bizni tez-tez himoyalanishga majbur qildi. Ammo keyin nazoratni tikladik. Hisobda oldinga chiqib oldik va bu bizga ishonch bag'ishladi».
❓Sizda hali ham boshqa jamoalardan bir qadam oldinda ekanligingiz haqida hissiyot bormi?
Luis Enrike: «Yo'q. Agar biror lahzada o'zimizni eng zo'ri yoki o'zgacha deb o'ylasak, bu tuzoq bo'ladi.
Bugun himoyada, ayniqsa hujumchilarimiz juda yaxshi o'ynashdi. Gollar urishgani uchun aynan ular o'yinni yutib berayotgandek tuyulishi mumkin, ammo unday emas. Bugun biz ko'plab vaziyatlarda raqib maydonida to'pni olib qo'yish bo'yicha raqibdan sezilarli darajada ustunlik qildik, ayniqsa birinchi bo'limda. Bu esa yarim himoyachilarga yordamga kelgan hujumchilarimizning pressingi tufayli amalga oshdi. Biz Lamin, Fermin va Olmodan to'pni olib qo'ydik… Bugun ular bor-yo'g'i ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi — bu nimani anglatishini tasavvur qiling. Shu bilan birga, biz o'z hujumkorlik ko'rsatkichlarimizni saqlab qoldik.
Muhim o'yinlarda g'alaba qozonish va sovrinlarni qo'lga kiritish uchun, o'zingiz bilan teng yoki kuchliroq raqiblarga qarshi o'ynaganda, o'yin vaziyatlariga moslasha olish kerak. 10–15 daqiqa davomida past himoya blokiga o'tishga majbur bo'lgan paytlarimiz bo'ldi, lekin shu bilan birga hujumga o'tishga ham qodir edik. Agar eslasangiz, o'tgan yili «Bavariya»ga qarshi o'yin kabi bahslar bo'lgan, u yerda himoyalanishga to'g'ri kelgan va buni yaxshi bajarish kerak, aks holda raqiblar sizni mag'lub etishi mumkin».
Hansi Flik «Barselona» futbolchilari Balde, Gavi, Fermin va Abde haqida fikr bildirdi hamda tig'iz taqvim borasidagi savolga javob berdi.
❓Balde va uning jamoadagi kelajagini qanday baholaysiz?
🗣 Xansi Flik: «Hozir unga oson emas, buni bilaman, lekin u yaxshi shug'ullanmoqda. Bu u qilishi kerak bo'lgan birinchi narsa va u juda yaxshi mashq qilyapti. Biroq, uning pozitsiyasida bizda Xavi va Joau bor — ikkita top-o'yinchi, ikkalasi ham aqlbovar qilmas darajada o'ynashmoqda. Buni ayta olaman. Bunday vaziyatdan xursandman. Albatta, Balde uchun bu ideal emas, lekin u o'z ishini bajaryapti. Men aynan shuni xohlayman va vaziyat shunday bo'lganda bu zarur. Har doim «Yaxshi, agar senga kerak bo'lsam, men tayyorman», deb ko'rsatish kerak — va u shunday qilyapti».
❓Abde siz murabbiy sifatida klubga kelguningizga qadar «Barselona»da edi. Uning sifatlarini hisobga olgan holda, jamoada shunday futbolchini ko'rishni istarmidingiz?
🗣 Xansi Flik: «Aytishim mumkinki, bu fantastik o'yinchi. Bizda ham ajoyib jamoa bor. Unda ko'rayotgan narsam, uf, shunchaki hayratlanarli. Uning futbol o'ynashini, oxirgi uchlikda birga-bir vaziyatlardagi o'ziga bo'lgan ishonchini yaxshi ko'raman... Uning gol urish qobiliyati ham ajoyib. Aytishim mumkinki, u fantastik o'yinchi, lekin boshqa klubda o'ynayotgan futbolchi haqida ortiqcha gapirishni istamayman. Uning darajasi haqiqatan ham yuqori».
❓Gavini qanday baholaysiz? Hozir u avvalgi mavsumlardagi asosiy tarkib o'yinchisi sifatidagi roliga nisbatan yangi rolga ega. U siz uchun qanday ahamiyatga ega?
🗣 Xansi Flik: «Gavi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmadi va bundan biroz xafa bo'ldi. Biroq, bu tanaffus vaqtida mashg'ulotlarda ko'rganlarimiz ajoyib edi. Gavi — haqiqiy professional. Har kuni u yaxshiroq bo'lishga intiladi. Bu yaxshi vaziyat. Intensivlik va konsentratsiya bo'yicha u juda yaxshi darajada. Gavi — bu jamoaning yuragi, u jamoa uchun bor kuchini beradi. Bizga aynan shunday xarakterga ega o'yinchi kerak. Men uchun u — o'z formasining cho'qqisida bo'lganida top-o'yinchi. U o'zining 100% holatiga yaqin, biz uchun u — juda yaxshi variant, shu jumladan ertangi o'yin kontekstida ham».
❓Fermin o'z o'yin uslubini hisobga olgan holda hujumchi pozitsiyasida o'ynashi mumkin bo'lgan variantni ko'rib chiqasizmi? Ularning Olmo bilan raqobati haqida nima deb o'ylaysiz?
🗣 Xansi Flik: «Ha, Fermin ham «to'qqizlik» pozitsiyasida o'ynay oladi. Biz uchun u jarima maydonchasiga kirib borish uchun qayerdan yugurib kelishi muhimroq. «Galatasaroy»ga qarshi o'yindagi ikkinchi goldagi kabi. U odatda shunday o'ynaydi, uning uslubi va xarakteri shunday. U doimo jarima maydonchasi tashqarisidan hujum qiladi, chuqur yorib kiradi va bu biz uchun juda muhim. Bu darajadagi ikkita shunday o'yinchiga ega bo'lish — bu ajoyib. Dani hozir gol urishda biroz qiynalayotgan bo'lishi mumkin, lekin u himoyalanishi, sheriklari bilan o'zaro harakati tufayli biz uchun muhim futbolchi... Fermin bilan hammasi xuddi shunday: u o'ziga ishonadi va gollar uradi. Bu ikki o'yinchi o'rtasidagi tanlov — fantastik vaziyat».
❓Terma jamoalar o'yinlaridan keyingi taqvim juda tig'iz. Mourinyu bundan shikoyat qilgandi. La Liga futbolchilarning dam olishiga ko'proq e'tibor qaratishi kerak deb hisoblaysizmi? O'yinlar orasidagi qisqa tanaffusdan shikoyat qilgan Mourinyu haqmidi?
🗣 Xansi Flik: «Lekin bunday vaziyat har mavsum takrorlanadi. Bilaman, balki qaysidir ma'noda hammasi boshqacha, lekin shunday bo'lib qolgan. Oxirgi ikki mavsumda bizda «Uf...» deb o'ylagan vaziyatlar ko'p bo'lgan. Ispaniya Kubogida Valensiyada o'ynaganimizda, reysimiz bekor qilinganini va Barselonaga avtobusda qaytishga majbur bo'lganimizni, ikki kundan keyin esa yana o'ynashimiz kerakligini eslayman. Lekin shunday bo'lib qolgan. Men har doim jamoaga bahonalar yo'qligini aytaman, biz bu yo'ldan ketyapmiz, nima bo'lishidan qat'iy nazar, biz bu vaziyatni o'zgartira olmaymiz, lekin maydonda qanday harakat qilishimiz o'z qo'limizda. Jamoamizga 100% ishonaman, matbuot anjumanlarida bu haqda doim gapirishimni bilaman va bu zerikarli bo'lishi mumkin, lekin barcha o'yinchilar ko'rsatayotgan daraja shunchaki ajoyib. Har kim diqqatli, o'zining eng yaxshi sifatlarini namoyish etyapti va biz aynan shuni ko'rishni istaymiz. Bizda rivojlanish uchun potensial bor va biz buning ustida ishlayapmiz».
Dani Olmo «Barselona»da Fermin Lopes bilan raqobat tufayli kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. «Bavariya» futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
🚨 SPORT: Dani Olmo «Barselona»da hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasi uchun Fermin Lopes bilan raqobat fonida ko'proq o'yin vaqti olishni istamoqda.
Futbolchining klubga bo'lgan bog'liqligi sababli hozircha ketishi dargumon deb hisoblanmoqda, biroq «Bavariya»ning qiziqishini hisobga olgan holda, uning o'yin amaliyoti vaziyatga ta'sir qilishi mumkin.