Joze Mourinyu: "El-Klasiko uchun maxsus rejamiz yo'q"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 26

Joze Mourinyu: "El-Klasiko uchun maxsus rejamiz yo'q"

Joze Mourinyu: "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyat "Barselona" kayfiyatini o'zgartirdi deb o'ylamayman".

"Madrid" ustozi bilan o'yinoldi matbuot anjumani

"Biz yaxshi formada ekanligimizni ko'rsatib turibmiz: sifatli futbol namoyish etib, gollar urmoqdamiz. Ammo El-Klasikoda bungacha nimalar qilganingiz ahamiyatga ega emas. Bu o'yin natijasiga ta'sir qilmaydi. El-Klasiko — butunlay boshqacha o'yin. Mavsum davomida kamida ikki marta El-Klasiko o'tkaziladi. Jamoalarni kim boshqarayotgani muhim emas, bu qarama-qarshilikning global ahamiyati birinchi o'rinda. Dunyoda boshqa muhim o'yinlar ham bor, lekin El-Klasiko bitta. "Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin kunlari butun dunyo to'xtab qoladi".
"Bo'lajak El-Klasikoda kim bosh hakam bo'ladi? Meni hakamning ismi hech qachon bezovta qilmagan. Men u yaxshi mutaxassis degan fikrdan kelib chiqaman. Meni boshqa narsa — qoidabuzarliklar xavotirga soladi. Uch hafta oldin bir familiya aytilgandi, endi boshqasi, lekin "Madrid"da hech kim menga: "Bu hakam o'yinni boshqarmaydi", demadi".
"Barselona"ning "PSJ"dan mag'lubiyati? Birgina mag'lubiyat ularning kayfiyatini yoki o'ziga bo'lgan ishonchini o'zgartiradi deb o'ylamayman. Agar biz "Leyptsig"ga 1:4 hisobida yutqazganimizda, bu ham hech narsani o'zgartirmasdi. Agar bir hafta oldin kimlardir bizni El-Klasikoda tor-mor etishadi deb o'ylagan bo'lsa, katta ehtimol bilan ular hamon shu fikrda qolishmoqda. "Barselona"ni maqtashayotgani meni bezovta qilmaydi — bu menga umuman taalluqli emas. Ba'zida ular haqiqatan ham maqtovga loyiq o'yin ko'rsatishadi. "Madrid"ga kelsak, bizni tayyor jamoa deb hisoblashmoqda, garchi bunga hali juda uzoq bo'lsa ham. Biz atigi uch oydan beri birga ishlayapmiz. Mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida futbolchilar jamoaga ikkitadan qo'shilishdi, keyin esa terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffus bo'ldi... Biz hali shakllangan jamoa bo'lishimizga juda uzoq. Biz yo'lning boshidamiz. Hali shakllanish jarayonida bo'lgan jamoani bir necha yildan beri birga ishlayotgan jamoa bilan solishtirishni adolatsizlik deb bilaman".
"Yamalni to'xtatish uchun maxsus rejamiz bormi? "Barselona"ning barcha futbolchilari — yaxshi o'yinchilar, xuddi shu narsani "Madrid" futbolchilari haqida ham aytish mumkin. Yamal — ajoyib futbolchi, bunday o'yinchilar hurmatga loyiq. Ammo raqibni hurmat qilish boshqa narsa, uning uchun o'z rejalaringni, o'yin strukturangni o'zgartirish yoki o'z prinsiplaringdan voz kechish — butunlay boshqa narsa. Biz buni na u uchun, na boshqa birov uchun qilamiz, garchi bu futbolchi qanchalik yorqin iste'dod egasi bo'lmasin".
"Flik haqida nima deb o'ylayman? Men bunday savollarni tushunmayman. U ajoyib murabbiy va juda katta ishni bajarmoqda. Mendan yana nima eshitmoqchisiz?!"
"Kamp Nou"da o'tadigan El-Klasiko tufayli bosim kuchliroq bo'ladimi? Men uchun bu boshqa har qanday stadiondagi o'yindan farq qilmaydi. Biz juda yuqori saviyadagi jamoa haqida gapiryapmiz".
"Men bir oydan beri soqol qo'yib yuribman va shu vaqt ichida "Real Madrid" barcha o'yinlarda g'alaba qozondi, bu xurofotmi? Men mutlaqo xurofotchi emasman. Soqol bilan dahshatli ko'rinyapmanmi? Balki, uni olishim kerakdir (kuladi)? Men futbolda umuman xurofotlari yo'q kam sonli odamlardan biriman".
"Fermin "Madrid"ning hakamlik haqidagi gaplari charchatayotganini" aytdi. Men nima deya olaman? Bizni charchatadigan boshqa narsalar ham bor, lekin ular sodir bo'lishda davom etmoqda..."
"El-Klasiko uchun rejam? Men bunga javob bermoqchi emasman. Keyingi savol. Men na o'yin rejasini, na tarkibni, na o'yin sxemasini muhokama qilaman. "Barselona"ning zaif nuqtasi — himoya, demak biz ko'proq hujum qilmoqchimizmi? Sen ayyor jurnalistsan, lekin men ahmoq emasman (kuladi)".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!