Fermin: "Bizda g'alaba qozonish va tanaffusga uch ochko hamda birinchi o'rinda chiqib ketish istagi juda katta edi. O'ylaymanki, birinchi bo'limda avvaliga biroz qiynaldik, ammo nazarimda, umuman olganda juda yaxshi o'yin o'tkazdik".
❓Qanday qilib qiyin boshlanishdan so'ng o'yin borishini o'zgartira oldingiz?
Fermin: "Taxminan 20 yoki 25-daqiqadan boshlab o'yinga biroz yaxshiroq kirishdik, uchrashuv borishini ko'proq nazorat qila boshladik. Menimcha, men urgan gol evaziga biroz erkinroq harakat qila boshladik, ular esa balki biroz ortga chekinishdi va biz o'yin ustidan ko'proq nazoratga ega bo'ldik".
❓"Barselona" ikkinchi bo'limni chempionlikka da'vogar jamoa darajasida o'tkazdi deb hisoblaysanmi?
Fermin: "Ha, ha, biz kiyim almashtirish xonasida birinchi bo'limni qanday tugatgan bo'lsak, shunday davom etishimiz kerakligi haqida gaplashib oldik. Men jamoa ikkinchi bo'limni ham himoyada, ham hujumda ajoyib o'tkazdi deb hisoblayman va biz juda xursandmiz".
❓"Barselona" muhim o'yinlarda kurasha olish qobiliyatingizga shubha qilganlarga signal yubordimi?
Fermin: "Biz bunga tayyor ekanligimizni bilamiz. Ammo muxlislar ikki o'yindan so'ng biroz hafsalasi pir bo'lganini tushunib turgandik. Biroq oldinda hali ko'p narsa bor, bular bor-yo'g'i ikki o'yin edi va menimcha, biz hammaga o'zimizni ko'rsatib qo'ydik: biz shu yerdamiz va barcha o'yinlarda kurashamiz".
❓Rafinya bilan to'purarlik poygasida kurashasanmi?
Fermin: "Men uni ortda qoldira olaman deb o'ylamayman, chunki Rafa shunchaki ajoyib va u shubhasiz gol urishda davom etadi. Jamoaga yordam bera olsam, bundan xursand bo'laman".
❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!