Fermin: «Atletiko» ustidan qozonilgan g'alaba juda muhim edi»
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Fermin: «Atletiko» ustidan qozonilgan g'alaba juda muhim edi»

❓«Metropolitano»dagi «Atletiko» ustidan qozonilgan bu g'alaba qanday ahamiyatga ega?

🗣 Fermin: «Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. O'tgan yili ular bizni Kubok va Chempionlar ligasida mag'lub etishgandi, shuning uchun ularning nimalarga qodirligini bilardik. Birinchi bo'limda ular gol urganidan so'ng bizga qiyin bo'ldi, ammo o'ylayman-ki, biz o'yin borishini o'zgartira oldik va ajoyib o'yin ko'rsatdik».

❓Sizning birinchi golingiz o'yin borishini qanday o'zgartirdi?

🗣 Fermin: «O'ylayman-ki, biz eng yaxshi formada emasdik, chunki ular maydon markazida bizni yaxshi pressing qilishdi. Ammo goldan so'ng biz o'zimizni erkinroq his qildik, o'z uslubimizni yaxshiroq namoyish eta oldik va g'alabaga erishdik».

❓Siz va Lamin o'rtasidagi o'zaro tushunish yanada mustahkamlanib boradimi?

🗣 Fermin: «Ha, albatta. Oxir-oqibat, men bu haqda yaqinda bergan intervyumda ham aytgandim: biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ikkinchi golga uzatma yarim golga teng edi. Men u uchun juda xursandman va biz yangi muvaffaqiyatlarga erishishda davom etishimiz kerak».

❓La Ligadagi 100-o'yiningizda dubl qayd etdingiz. Nima uchun aynan shu o'yindagi futbolkangizni plakat ko'targan muxlisga sovg'a qildingiz?

🗣 Fermin: «Yo'q. Men birinchi bo'limda kiygan futbolkamni o'zimda olib qoldim. Keyin esa plakatni ko'rib qoldim va ikkinchi bo'limda kiygan futbolkamni sovg'a qilishga qaror qildim — bunday vaziyatlarda men har doim shunday qilishga harakat qilaman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!