#Pau Kubarsi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Din Xoysen: Pau Kubarsi bilan yaxshi bog'lanish hosil qildik

Din Xoysen: Pau Kubarsi bilan yaxshi bog'lanish hosil qildik

Din Xoysen Pau Kubarsi bilan bo'lgan munosabatlari va uning o'yin darajasi haqida fikr bildirdi.

🎙 Din Xoysen — Pau Kubarsi bilan bog'lanish haqida:

U bilan yaxshi bog'lanish hosil qilganmiz. Hamma Kubarsi qanday darajaga yetganini ko'rib turibdi.
Biz juda yaxshi chiqishamiz. U nafaqat ajoyib futbolchi, balki juda yaxshi yigit ham. Umid qilamanki, biz hali uzoq vaqt birga o'ynaymiz.
Hansi Flik va Pau Kubarsi La Ligada oyning eng yaxshilari bo'lishga nomzod

Hansi Flik va Pau Kubarsi La Ligada oyning eng yaxshilari bo'lishga nomzod

Hansi Flik La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi, Pau Kubarsi esa 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod.

Hansi Flik La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga nomzod bo'ldi.

Pau Kubarsi La Ligada 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida oyning eng yaxshi o'yinchisi nomiga nomzod bo'ldi.

BILD: Lamin Yamal va Pau Kubarsi dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari deb topildi

BILD: Lamin Yamal va Pau Kubarsi dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari deb topildi

Nemis nashri BILD 21 yoshgacha bo'lgan dunyoning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatini e'lon qildi. Lamin Yamal va Pau Kubarsi yetakchilik qilmoqda.

Nemis nashri BILD talqiniga ko'ra, Lamin Yamal va Pau Kubarsi 21 yoshgacha bo'lgan dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi deb topildi.

Lamin birinchi o'rinni egalladi. BILD uni nafaqat 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchi, balki ayni damda dunyoning eng kuchli o'yinchilaridan biri sifatida ta'riflamoqda.

Kubarsi esa ikkinchi o'rindan joy oldi. U jahon chempionatida eng yaxshi yosh o'yinchi deb topilgandi. Uchinchi o'rinni esa "Real Madrid" 140 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib olgan Yan Diomande egalladi.

Marca: Pau Kubarsi «Oltin to'p»ni yutishi mumkin

Marca: Pau Kubarsi «Oltin to'p»ni yutishi mumkin

Marca xabariga ko'ra, «Barselona» Pau Kubarsi «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish uchun barcha sifatlarga ega deb hisoblaydi.

Marca xabariga ko'ra, «Barselona» Pau Kubarsi futbol tarixida «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan to'rtinchi himoyachi bo'lish uchun barcha sifatlarga ega deb hisoblaydi.

19 yoshida u allaqachon «Barsa» va Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkib o'yinchisi, jahon chempioni hamda turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi hisoblanadi.

Klub ichida uning salohiyati deyarli cheksiz ekanligiga ishonishadi.

O'ng ustun yangiliklari

Rodri «Valensiya» haqidagi so'zlari uchun uzr so'radi

Rodri «Valensiya» haqidagi so'zlari uchun uzr so'radi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri «Valensiya» futbolchilari haqida aytgan noo'rin so'zlari uchun uzr so'radi.

❗️ Rodri: «Men so'zlarim bilan kimnidir xafa qilgan bo'lsam, barchadan, ham futbolchilardan, ham «Valensiya» muxlislaridan uzr so'rayman. Shuningdek, «Valensiya» sardori Gayaga ham qo'ng'iroq qildim. Inson xato qilganda, u uzr so'rashi kerak. Bu kutilmagan holatdagi reaksiya edi. Umid qilamanki, «Valensiya» avvalgi darajasiga qaytadi».

🔙 «Valensiya»ga qarshi o'yin vaqtida Rodri Kubarsiga shunday degandi: «Ular haqiqatan ham juda kuchsiz, shunday emasmi? Ular ikkinchi bo'limda hatto maydon markazini ham kesib o'tishmadi».

Rodri va Pau Kubarsi «Valensiya» haqida keskin fikr bildirdi

Rodri va Pau Kubarsi «Valensiya» haqida keskin fikr bildirdi

Rodri va Pau Kubarsi «Valensiya»ning o'yiniga keskin baho berishdi. Futbolchilar raqibning o'yin uslubidan norozi ekanliklarini yashirishmadi.

🤬Rodri va Pau Kubarsining «Valensiya» haqidagi fikrlari:

«Ular umuman juda kuchsiz. Juda yomon. Shunchaki dahshatli darajada yomon. Ular o'tgan mavsumni qanday yakunlashdi o'zi? Hatto maydon markazini ham kesib o'tishmadi».

💀 Mana bu endi diplomatiyasiz.