Hansi Flik Brayan Farinyasning «Jirona»ga o'tishiga to'sqinlik qildi
Hansi Flik Brayan Farinyasning o'yinidan qoyil qoldi va uning «Jirona»ga transferini to'xtatib qoldi.
🛑 MARCA xabariga ko'ra, Brayan Farinyas mavsumoldi mashg'ulotlaridan birida Xansi Flikda shunchalik katta taassurot qoldirdiki, murabbiy Dekudan uning 3 million yevro evaziga «Jirona»ga o'tishini to'xtatishni so'radi.
Farinyas tayanch va hujumkor yarim himoyachi, shuningdek, qanot himoyachisi pozitsiyalarida o'ynay oladi.
U 2018-yilda, 12 yoshida «Vilyarreal» akademiyasidan «La Masiya»ga kelib qo'shilgan edi.