#Luis Dias — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Patrik Ittrich: Luis Diasning goli hisobga olinishi kerak edi

Patrik Ittrich: Luis Diasning goli hisobga olinishi kerak edi

Bundesliganing sobiq hakami Patrik Ittrich Luis Diasning bekor qilingan goli borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

Bundesliganing sobiq hakami Patrik Ittrich Josip Stanishichning ofsaydidan keyin urilgan Luis Diasning goli hisobga olinishi kerak edi, deb hisoblaydi:

«Bu vaziyatda ofsayd epizodga umuman ta'sir ko'rsatmadi. Ofsayd haqiqatan ham bor edi, lekin keyin o'yinchi to'pni hech qanday qarshiliksiz tepib yubordi. Bu shuni anglatadiki, o'sha epizod yakunlangan va yangi o'yin vaziyati boshlangan. Bu yangi o'yin epizodining klassik namunasi, shu bois, mening fikrimcha, golni hisobga olish kerak edi. Men bu qarorni juda va juda bahsli deb bilaman».

O'ng ustun yangiliklari

Bayern Myunxen Vael Mohini yangi pozitsiyada ko'rmoqda

Bayern Myunxen Vael Mohini yangi pozitsiyada ko'rmoqda

Florian Plettenberg xabariga ko'ra, «Bavariya» Vael Mohini chap qanot o'yinchisi emas, balki «o'nlik» pozitsiyasida ko'rmoqda.

🚨 «Bavariya» Vael Mohini ko'proq o'nlik pozitsiyasida, Luis Diasning chap qanotdagi o'rinbosari sifatida emas, balki aynan shu rolda ko'rib chiqmoqda.

❓ Beramiz?

📰 Florian Plettenberg

Luis Dias, Kertis Jons va Darvin Nunes o'rtasidagi do'stlik

Luis Dias, Kertis Jons va Darvin Nunes o'rtasidagi do'stlik

Luis Dias, Kertis Jons va Darvin Nunes o'rtasidagi do'stlik hamda Bredli Barkolya va Lyuis Kumasning jamoaga moslashuvi haqida.

Luis Dias «Liverpul»ga o'tganida, klubdagi ilk yaqin do'stlaridan biri Kertis Jons bo'lgandi — Yurgen Klopp o'shanda ular til to'sig'iga qaramay qanday muloqot qilayotganiga hayron qolardi. Keyinroq bu guruhga Darvin Nunes ham qo'shildi va ular yanada qiziqarliroq bo'lib qolishdi.

Shekilli, hozir shunga o'xshash holatni Bredli Barkolya va Lyuis Kumasda ko'ryapmiz: uelslik futbolchi LASK bilan o'yindan keyingi intervyuda birinchi navbatda Barkolya uchun juda xursand ekanligini aytdi (va bu u o'zi Chempionlar ligasidagi ilk golini urgan o'yindan keyin sodir bo'ldi), ular bir-birlarining storislarini repost qilishmoqda va til to'sig'iga qaramay, haqiqatan ham yaqinlashib qolishgan.

VVD kecha "maksimal darajadagi introvert" deb ta'riflagan Bredlining jamoada moslashishiga yordam beradigan inson borligi juda yaxshi. Kumasning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring: yarim yil oldin siz Chempionshipda «Xall» safida o'ynagan bo'lsangiz, endi «Liverpul» safida Chempionlar ligasida asosiy tarkibda maydonga tushib, gollar urmoqdasiz va 130 million funtlik, Chempionlar ligasining ikki karra g'olibi bo'lgan yangi do'stingiz bilan til topishmoqdasiz. Futbol shunaqa ajoyib narsa.