🚨 Bayern Munich chap qanot vingeri pozitsiyasi uchun istiqbolli iqtidor egasini izlamoqda. Klub Luis Diasga raqobatdosh sifatida futbolchi olib kelib, uni rivojlantirmoqchi — bu xuddi Lennart Karl o'tgan mavsumdan beri Maykl Olise uchun zaxira varianti bo'lib kelayotganiga o'xshash jarayon.
🔖 Portu vakili Oskar Petrushevskiy aynan shu profilga mos keladi. Maks Eberl va Kristof Froynd polshalik futbolchining universal harakat qila olishidan, xususan, qanotlarda hamda hujumchi ortida o'ynay olishidan juda ta'sirlanishgan. Uning shartnomasida 60 million yevro miqdoridagi tovon puli mavjud.
📰 Manuel Bonke, Philipp Kessler
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!