Bundesliganing sobiq hakami Patrik Ittrich Josip Stanishichning ofsaydidan keyin urilgan Luis Diasning goli hisobga olinishi kerak edi, deb hisoblaydi:
«Bu vaziyatda ofsayd epizodga umuman ta'sir ko'rsatmadi. Ofsayd haqiqatan ham bor edi, lekin keyin o'yinchi to'pni hech qanday qarshiliksiz tepib yubordi. Bu shuni anglatadiki, o'sha epizod yakunlangan va yangi o'yin vaziyati boshlangan. Bu yangi o'yin epizodining klassik namunasi, shu bois, mening fikrimcha, golni hisobga olish kerak edi. Men bu qarorni juda va juda bahsli deb bilaman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!