Oskar Petushevski jarohat oldi
«Portu» vingeri Oskar Petushevski «Jil Visente»ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotda jarohat oldi. Futbolchi davolanishni boshladi.
Oskar Petushevski jamoa lazaretini to'ldirdi 😢
«Jil Visente»ga qarshi chempionatning to'qqizinchi turidagi o'yin oldidan mashg'ulot vaqtida jismoniy noqulaylik sezganidan so'ng, polshalik vinger qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tdi. Natijada Oskar Petushevskida chap son mushagining kichik jarohati aniqlandi.
Futbolchi «Portu»ning tibbiy hisobotiga kiritildi va klub tibbiyot departamenti nazorati ostida davolanishni boshladi.