Portugaliya chempionati 8-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Portu" safarda "Maritimu" ustidan 1:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi.
Uchrashuvda Gabor Salai 16-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Viktor Froholdt 42-daqiqada muvozanatni tikladi. O'yin yakunlanishiga oz qolganida, 84-daqiqada Oskar Petushevski g'alaba golini kiritdi.
"Bu men uchun juda muhim mukofot, ammo butun jamoaga minnatdorchilik bildirmoqchiman", — dedi Oskar Petushevski.
Oskar Petushevski va Yan Bednarek "Portu"ning safardagi ushbu muhim g'alabasi yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!