Iraola matbuot anjumanida jamoa o'yinchilari haqida fikr bildirdi
Iraola matbuot anjumanida Brentford, Chempionlar ligasidagi start hamda Barkolya, Kumas, Nyoni va Ngumoa kabi yosh o'yinchilarning o'yini haqida gapirdi.
Iraolaning matbuot anjumanidagi boshqa fikrlari:
🛑«Brentford» haqida: «Ularda yaxshi o'yinchilar jamlangan, ular qanday o'ynashni istashlarini juda yaxshi bilishadi. Ular haqiqiy atletlar va juda kuchli jamoa».
🛑Mag'lubiyatga munosabat haqida: «O'yinda yutqazganingizda, doimo keyingi bahs tezroq kelishini istaysiz. Yaxshi o'ynash, natijaga erishish va mag'lubiyatni unutish kerak. «Siti»ga qarshi yo'qotgan ochkolarimizni qaytarib bo'lmaydi, ammo Chempionlar ligasidagi startdan ko'nglim to'q».
🛑Barkolya haqida: «Xulosa chiqarishga hali juda erta, u mavsumoldi tayyorgarligida qatnashmadi, yangi jamoa, yangi mamlakat va yangi chempionatga o'tdi. Uchta gol — bu ajoyib, ammo eng muhimi shundaki, biz unga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ishonishimiz mumkinligini bilamiz. U to'p bilan juda ishonchli harakat qiladi va bo'sh zonalarga hujum qiladi — bu uning asosiy kuchi».
🛑Kumas haqida: «U o'ziga berilayotgan daqiqalarga loyiq. Hozir u ko'proq o'ynamoqda, chunki Isak jarohatlangan, ammo Lyuisga bunchalik ishonchim komil bo'lmaganida, menda boshqa variantlar ham bor edi. U tezda o'rganishga tayyor va eng yuqori darajaga chiqishni istaydi. Kecha u uchun juda yaxshi lahza bo'ldi — ikkita bekor qilingan gol va uchinchisi nihoyat hisobga olindi. U uchun xursandman».
🛑Nyoni haqida: «U juda yosh, ammo allaqachon yetuk o'yinchi. U o'yinni yuqori darajada tushunadi, taktik jihatdan aqlli, endi hammasi shu ruhda davom etishiga bog'liq. Tayanch yarim himoyachisi yoki «sakkizlik» pozitsiyasida bo'lsin, u raqobatdoshlariga bosim o'tkazish uchun maydonga tushgan o'yinlarida o'zini ko'rsatishi kerak. Uning Chempionlar ligasi darajasidagi o'yinlarda hayiqmay o'ynayotgani quvonarli».
🛑Ngumoa haqida: «O'ylaymanki, unga o'ng qanotda qulayroq, terma jamoada ham shu pozitsiyada o'ynab, yaxshi taassurot qoldirgandi. U Jeremi bilan o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynaganda markazga o'ta oladi, ammo Ronald bilan birga o'ynaganda qanotni keng ushlab turishi kerak, u bunga moslashmoqda. To'p uning oyog'ida bo'lsa, bu doimo xavf tug'diradi, biz buni yo'qotmasligimiz kerak, shuning uchun bunday vaziyatlarda u dadil bo'lishini istaymiz. Uning o'sishi uchun hali imkoniyatlar bor, ammo menga uning yondashuvi yoqadi — u rivojlanish va yaxshiroq bo'lishga intilmoqda».