Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

France — yangiliklari

France va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs «Mestalya»da o'tadi

Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs «Mestalya»da o'tadi

Millatlar ligasi chorak finali doirasidagi Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs «Mestalya» stadionida o'tkaziladigan bo'ldi.

Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar ligasi chorak final uchrashuvi afsonaviy «Mestalya» stadionida bo'lib o'tadi!

Shu tariqa, ispanlar uzoq yillar davomida «Valensiya» uyi bo'lgan va butun mamlakat futbol tarixining bir qismiga aylangan kult stadion bilan munosib xayrlashmoqchi.

Birinchi uchrashuv — 25 mart, javob o'yini — 30 mart sanasiga belgilangan.

Hugo Lloris 1000 ta o'yinlik marrani zabt etdi

Hugo Lloris 1000 ta o'yinlik marrani zabt etdi

Ugo Lloris o'z professional faoliyatida 1000 ta o'yinlik marradan oshgan tarixdagi ilk fransiyalik futbolchiga aylandi.

Ugo Lloris o'z professional faoliyatida 1000 ta o'yinlik marradan oshgan tarixdagi ilk fransiyalik futbolchiga aylandi! 🧤

👕 856 - klub darajasida («Nitssa», «Lion», «Tottenxem», «Los-Anjeles»)

145 - Fransiya terma jamoasi tarkibida

Emiliano Viviano: Barella tanqidga loyiq emas

Emiliano Viviano: Barella tanqidga loyiq emas

Emiliano Viviano Nikolo Barellaning o'yin uslubi va unga qaratilgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.

Emiliano Viviano: «So'nggi bir necha yil ichida Barella muvaffaqiyatsiz o'yin o'tkazganida hamma tanqid qila boshlaydigan futbolchiga aylandi. Ammo u Italiya — Fransiya bahsidagi kabi o'yin ko'rsatganida, buni hamma odatiy hol deb qabul qiladi. Vaholanki, bunda odatiy hech narsa yo'q — u ajoyib o'yin o'tkazdi.

Nega uni tanqid qilishadi? Men bu haqda bir oz avval aytganman: chunki undan aslida o'zi ega bo'lmagan narsalarni kutishadi. U mavsumiga 12 ta gol urmaydi deyishadi, lekin uning o'yin xususiyatlari butunlay boshqacha. U katta hajmdagi qora mehnatni bajaradi, doimo yuqori intensivlikni namoyish etadi hamda himoyani sug'urtalash va maydonni nazorat qilishda a'lo darajada harakat qiladi. Qolaversa, u yiliga 60 ta o'yin o'tkazadi va doimiy ravishda bunday darajani ko'rsatib turish juda qiyin».
Italiya Fransiya ustidan g'alaba qozondi

Italiya Fransiya ustidan g'alaba qozondi

Italiya Fransiya ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Richchi o'yin yakunida maydonga tushdi, Da Kunya esa to'liq o'yin o'tkazdi.

Italiya Fransiya ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Richchi o'yin yakunida maydonga tushib, 2 daqiqa harakat qildi.

⚽️ Da Kunya to'liq o'yin o'tkazdi va 6.9 ball bilan baholandi.