#Mayk Menyan — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Milan mashg'ulotlarga qaytdi

Milan mashg'ulotlarga qaytdi

Terma jamoalar tanaffusidan so'ng Milan mashg'ulotlarga qaytdi. Ruben Amorim shogirdlari Sassuolo va Red Bull Zalsburg bilan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Milan terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng ishga qaytmoqda!

Padova bilan 1:1 hisobidagi durangdan so'ng, Milanelloda qolgan futbolchilar dam olishdi. Endi Ruben Amorim shogirdlari yana mashg'ulotlarni boshlashmoqda 💪

Eng muhimi — terma jamoalarga ketgan futbolchilar asta-sekin qaytishmoqda:

Menyan, Rabyo
Moreyra, De Vinter
Bartesagi, Kamarda, Sisse
Gonsalu Ramush
Pavlovich

Modrich va Ardon Yashari esa terma jamoalardagi so'nggi o'yinlaridan so'ng chorshanba kuni jamoaga qo'shilishadi.

Shuningdek, Chukvueze, Estupinyan va Musa ham qaytishadi, ularni uzoqroq yo'l kutib turibdi 🌍✈️

Mavsum qayta tiklanishi juda yaqin — Sassuolo maydoniga safar, undan so'ng esa Yevropa Ligasi doirasida Red Bull Zalsburgga qarshi bahs kutib turibdi.

Manu Kone Mayk Menyan haqida fikr bildirdi

Manu Kone Mayk Menyan haqida fikr bildirdi

«Roma» yarim himoyachisi Manu Kone «Milan» va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan haqida iliq fikrlar bildirdi.

Mayk Menyan nafaqat «Milan», balki Fransiya terma jamoasining ham yetakchisi!

«Rossoneri» sardori Fransiya terma jamoasi kiyinish xonasida ham katta hurmatga ega. Buni «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone tasdiqladi 👇

«Bu ajoyib darvozabon, «Milan» sardori. Italiyada unga qarshi gol urish qiyin — u juda ko'p joyni egallaydi. O'z ovozi bilan u «Milan» yetakchisi hisoblanadi, qolaversa, u jamoada ajoyib sherik.

Men uning milliy terma jamoada borligidan juda xursandman. Biz u bilan faxrlanamiz».

Ayniqsa, sardorimiz haqida hatto boshqa klub o'yinchisidan ham bunday so'zlarni eshitish yoqimli.

Mayk Menyan va Adrien Rabyo umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishdi

Mayk Menyan va Adrien Rabyo umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishdi

«Milan» futbolchilari Mayk Menyan va Adrien Rabyo jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytishdi. Jamoa navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun «Milan» «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yindan so'ng Milanelloda mashg'ulot o'tkazadi.

🧤 Mayk Menyan va Adrien Rabyo yozgi ta'tildan so'ng ilk bor umumiy guruhda shug'ullanishadi.

Ertaga jamoaga dam beriladi, seshanba kunidan esa futbolchilar navbatdagi muhim bahsga tayyorgarlikni boshlashadi:

🔥 23 avgust — «Torino» 🆚 «Milan»

Milan JCh-2022 dan eng ko'p daromad olgan A Seriya klubiga aylandi

Milan JCh-2022 dan eng ko'p daromad olgan A Seriya klubiga aylandi

Jahon chempionati yakunlariga ko'ra, Milan A Seriyada eng ko'p moliyaviy foyda ko'rgan klubga aylandi.

Jahon chempionati Milan klubiga nafaqat tajriba, balki katta daromad ham keltirdi!

Rossonerilarning 10 nafar futbolchisi mundialda ishtirok etdi va buning evaziga klub taxminan 2,3 million dollar ishlab oldi. Bu A Seriyadagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Eng ko'p mablag'ni Mayk Menyan va Adrien Rabyo keltirdi, umumiy muvaffaqiyat esa bugungi kunda Milan jahon futbolida eng ko'p vakilga ega klublardan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

O'ng ustun yangiliklari