#Adrien Rabyo — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Adrien Rabio A Seriyada eng samarali yarimhimoyachiga aylandi

Adrien Rabio A Seriyada eng samarali yarimhimoyachiga aylandi

Adrien Rabio joriy A Seriyada o'z klubiga gollar yoki assistlar orqali eng ko'p ochko keltirgan futbolchi bo'lib turibdi.

🚨 Adrien Rabio joriy A Seriyada o'z klubiga gollar yoki assistlar orqali eng ko'p ochko keltirgan futbolchi bo'lib turibdi.

⚽ 5 ta gol
🎯 4 ta samarali uzatma
🏆 10 ochko qo'lga kiritildi

Chempionatning oltita o'yinida ketma-ket gol yoki samarali uzatma amalga oshirgan Adriyen Rabio 2004-yildan beri, ya'ni Kaka davridan buyon bunga erishgan ilk «Milan» yarimhimoyachisi bo'ldi.

[Opta]

Kristian Komotto: ""Milan"da ko'proq o'yin vaqti olishni istayman"

Kristian Komotto: ""Milan"da ko'proq o'yin vaqti olishni istayman"

Italiya U20 yarim himoyachisi Kristian Komotto "Milan"dagi raqobat va o'yin amaliyoti haqida fikr bildirdi.

18 yoshli Kristian Komotto Italiya U20 terma jamoasining Portugaliya ustidan qozongan g'alabasidan (1:0) so'ng "Milan"dagi holati haqida gapirib o'tdi.

"Menga 18 yosh, men "Milan"da o'ynayapman. Oldimda Modrich va Rabyo kabi futbolchilar bor, shuning uchun vaziyatga xotirjam qarayman".

Ammo yosh yarim himoyachi kamiga rozi bo'lmoqchi emas:

"Men allaqachon Yevropa ligasi va A Seriyada debyut qildim. Albatta, ko'proq narsani xohlayman, chunki men juda ambitsiyali insonman. Umid qilamanki, ko'proq o'yin vaqti olaman. Hozir men 100% "Milan"ga diqqatimni qaratganman".

Komotto Portugaliyaga qarshi bahsda 58 daqiqa harakat qildi va asosiy jamoada o'z imkoniyatini kutishda davom etmoqda.

"Milan" yosh Komottoga ko'proq ishonch bildirishi kerakmi?

Milan mashg'ulotlarga qaytdi

Milan mashg'ulotlarga qaytdi

Terma jamoalar tanaffusidan so'ng Milan mashg'ulotlarga qaytdi. Ruben Amorim shogirdlari Sassuolo va Red Bull Zalsburg bilan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Milan terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng ishga qaytmoqda!

Padova bilan 1:1 hisobidagi durangdan so'ng, Milanelloda qolgan futbolchilar dam olishdi. Endi Ruben Amorim shogirdlari yana mashg'ulotlarni boshlashmoqda 💪

Eng muhimi — terma jamoalarga ketgan futbolchilar asta-sekin qaytishmoqda:

Menyan, Rabyo
Moreyra, De Vinter
Bartesagi, Kamarda, Sisse
Gonsalu Ramush
Pavlovich

Modrich va Ardon Yashari esa terma jamoalardagi so'nggi o'yinlaridan so'ng chorshanba kuni jamoaga qo'shilishadi.

Shuningdek, Chukvueze, Estupinyan va Musa ham qaytishadi, ularni uzoqroq yo'l kutib turibdi 🌍✈️

Mavsum qayta tiklanishi juda yaqin — Sassuolo maydoniga safar, undan so'ng esa Yevropa Ligasi doirasida Red Bull Zalsburgga qarshi bahs kutib turibdi.

Adrien Rabio A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar qatorida

Adrien Rabio A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar qatorida

Adrien Rabio A Seriyada oyning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod bo'ldi. G'olib muxlislar ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.

Rabio A Seriyada oyning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod bo'ldi 👏

Sovrin uchun jami 6 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda:

– Davide Frattezi («Latsio») – 5 ta o'yin, 3 ta gol;

– Georgiy Kvernadze («Frozinone») – 5 ta o'yin, 3 ta gol, 1 ta assist;

– Daniel Maldini («Kalyari») – 5 ta o'yin, 3 ta gol;

– Lautaro Martines («Inter») – 4 ta o'yin, 4 ta gol;

– Doniell Malen («Roma») – 5 ta o'yin, 6 ta gol;

– Adrien Rabio («Milan») – 5 ta o'yin, 2 ta gol, 2 ta assist.

G'olib muxlislar ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.