Pervis Estupinyan umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi va kutilmagan holat yuz bermasa, yakshanba kungi o'yin qaydnomasiga kiritiladi. Adrien Rabio va Yunus Musa ham jamoa bilan mashg'ulotlarni qayta boshlashdi. 💪
❌ Yagona safdan chiqqan o'yinchi — Aleksis Salemakers. Dushanba kuni belgiyalik futbolchi Amsterdamda tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng operatsiya qilinadi. Uning maydonga qaytishi 2027-yilning bahoriga mo'ljallangan.
⚠️ «Sassuolo» yaqinda «Yuventus»ni mag'lub etdi va standart vaziyatlarda xavf tug'dirishni, qarshi hujumlar uchun o'yinchilarni oldinda qoldirishni biladi.
«Milan» qiyin raqibga qarshi o'yinda muvaffaqiyat qozona olarmikan? 👀
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!