🚨 "Milan" uchun xavotirli vaziyat: Pavlovich jarohat oldi
Strahinya Pavlovich Millatlar ligasi doirasidagi Serbiya — Niderlandiya uchrashuvining 71-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Meks Meerdinkning ikkinchi golidan so'ng himoyachi jarohat oldi va ko'p o'tmay oqsoqlana boshladi. Mozzart Sport ma'lumotiga ko'ra, Pavlovich muvozanat bilan bog'liq muammolarga duch kelgan va harakatlanishda qiynalgan.
Serbiya bosh murabbiyi Velko Paunovich tavakkal qilmaslikka qaror qildi va futbolchini almashtirdi. ❌
Hozircha rasmiy tashxis va tiklanish muddatlari ma'lum emas — "Milan" tibbiy ko'rik natijalarini kutmoqda. 🏥
Umid qilamizki, jiddiy narsa yo'q 🙏🔴⚫
Sizningcha, jiddiy jarohatsiz o'tib ketarmikin?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!