Aleksis Salemakers o'ng to'pig'idan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
«Milan» xabar berishicha, Amsterdamda o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan. Operatsiyani doktor Djino Kerkxoffs «rossoneri» tibbiy shtabi vakillari ishtirokida amalga oshirdi.
Belgiyalik futbolchi xalqaro tanaffus vaqtida «Milanello»da jarohat olib, to'pig'i barqarorligini yo'qotgan. Bu holat futbolchi ikki yil avval «Roma» safida o'ynaganida olgan to'piq sinishi va o'sha vaqtdagi operatsiya asoratlari bilan ham bog'liq.
Operatsiya bo'g'imni artroskopik tozalash va stabilizatsiya qilishni o'z ichiga oldi. Salemakersning safga qaytish muddatlari hozircha e'lon qilinmagan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!