Aleksis Salemakers 3-4 oyga safdan chiqdi
«Milan» yarim himoyachisi Aleksis Salemakers jarohati sababli 3-4 oyga safdan chiqdi. Futbolchiga operatsiya talab qilinishi mumkin.
😔 Salemakers 3–4 oyga safdan chiqdi
«Milan»da jiddiy yo'qotish.
O'ng to'pig'idagi jarohatdan so'ng Aleksis Salemakers bir hafta ichida tiklana olmadi. Qo'shimcha tekshiruvlar to'piq barqarorligining yo'qolganini aniqladi, bu esa belgiyalik futbolchi ikki yil avval to'piq sinishi tufayli o'tkazgan operatsiya asoratlari bilan bog'liq.
Hozirgi ssenariy bo'yicha futbolchiga katta ehtimol bilan operatsiya talab etiladi va tiklanish jarayoni 3–4 oyni tashkil qilishi mumkin. 🏥
Aleksisning o'zi vaziyatga ilk bor izoh berdi:
🗣️ «Bu qiyin davr, ammo men uni sabr va qat'iyat bilan yengib o'taman. Endi diqqat, mehnat va sabr. Men kuchliroq bo'lib qaytaman».